TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Eron va Rossiya strategik hamkorlik bo‘sag‘asida turibdi, deb bayonot qildi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Rossiyaga uyushtirgan ishchi safari davomida.
"Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar, iqtisodiy nuqtayi nazardan, savdo aloqalari hamda turizm rivojlanishi nuqtayi nazaridan ikki yoqlama munosabatlarda o‘sish bo‘lganidan dalolat bermoqda. So‘nggi oylar davomida qabul qilingan qarorlar biz, iqtisodiy, madaniy, ilm sohasidagi aloqalarda har tomonlama rivojlanish yo‘lida turganimizdan, strategik munosabatlar tomon ilgarilayotganimizdan dalolat bermoqda", — dedi u Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan muzokaralar yakuni bo‘yicha bayonot berar ekan.
Ushbu uchrashuv chog‘ida tomonlar turli sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha 16 ta hujjat imzolashgan.
Tomonlar, shuningdek, Rossiya temir yo‘llari va "Eron Islom Respublikasi temir yo‘llari" o‘rtasida temir yo‘llarini elektrlashtirish bo‘yicha strategik hamkorlik memorandumini hamda Garmsar — Inche Burun temir yo‘l qismining elektrlashtirilishi va Rossiya qurilmalari hamda lokomotivlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashdi
Bundan tashqari, Rossiyaning akkreditatsiyalash federal xizmati va Eronning akkreditatsiyalash milliy markazi o‘rtasida hamfikrlik memorandumi, ikki davlatning tegishli vazirliklari o‘rtasida aloqa va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish haqidagi hamfikrlik memorandumi hamda "Roskongress" jamg‘armasi va Eron savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik haqidagi kelishuv imzolandi.