O‘zbekiston Eron bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtiradi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishTehron shahri
Tehron shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsion aloqalarni chuqurlashtirish va O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon mintaqalararo transport koridorini ishga tushirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Bugun 13-mart kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Eron vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Uchrashuda ikki mamlakat hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi va ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek O‘zbekiston va Eronning  BMT, ShHT, va IHT xalqaro tashkilotlari doirasidagi aloqalarida kuzatilayotgan ijobiy jarayonlarga e’tibor qaratildi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsion aloqalarni chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi alohida qayd qayd etildi. Ushbu maqsadlarni amalshga oshirish yo‘lida O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon mintaqalararo transport koridorini ishga tushirish alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni doimiy asosda o‘tkazish ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalarni tizimli ko‘rib chiqish, hamkorlikning O‘zbekiston va Eron manfaatlariga mos keluvchi yo‘nalishlarini birgalikda ishlab chiqish imkonini berishi e’tirof etildi.

Uchrashuv Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ibrohim Rahimpur boshchiligidagi delegatsiya hamda Eronning O‘zbekistondagi Elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0