TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Eron islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) AQShning Tehronga ballistik raketa sinovi tufayli kiritgan sanksiyalariga javoban harbiy mashqlarni boshlab yubordi, deb xabar qilgan RIA Novosti.
Sepahnews saytida keltirilishicha shanba kuni ertalab boshlangan IIPK harbiy-kosmik kuchlari mashg‘ulotlari Eronning har qanday tahdidlarga qarshi turishga tayyorligini namoyon qilmog‘i kerak.
Mashg‘ulotlarda qo‘llanilayotgan shiorlarda "sanksiyalar va tahdidlarga nisbatan nafrat" degan so‘zlar quloqqa chalinadi, deyilgan xabarda.
Harbiy mashqlarda katta va o‘rta masofadagi turli raketa va radiolokatsiyatizimlari ishlatilgan.
Mashg‘ulotlar davomida "Tebes", "Sayyod-2", "Sevvom-e Xordad" singari raketa majmualaridan foydalanilgan.
Eslatib o‘tamiz, Eron 29-yanvar kuni o‘rta masofadagi ballistik raketani sinovdan o‘tkazgan edi.
Tehronning bu hatti-harakatlariga javoban AQSh juma kuni sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi.