Toshkentda o‘ta noyob savdo markazi qurilmoqda

© Sputnik/StringerToshkentdagi yangi Compass savdo-markazining maketi
Toshkentdagi yangi Compass savdo-markazining maketi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xaytek uslubidagi Compass savdo-ko‘ngilochar majmuasi Qo‘yliq bozori yaqinida quriladi. Obyektning noyobligi shundaki, bunda avtomobillar uchun parkovka savdo-markazining tom qismida joylashadi

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Joriy yilda Toshkent shahrida me’morchilik nuqtayi-nazaridan o‘ta noyob savdo-ko‘ngilochar markazi quriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Muxbirning aytishicha, yangi obyekt poytaxtning eng yirik bozorlaridan biri — Qo‘yliq bozori yaqinida, sobiq kiyim bozori o‘rnida barpo etiladi. Ayni vaqtda quruvchilar ishni boshlab yuborishgan va bino poydevori allaqachon qad rostlagani aytilmoqda.

Na meste snesennix kafe po Mirabadskoy ulitse postroyat jilie doma - Sputnik O‘zbekiston
Mirobod bozori yonidagi buzilayotgan kafelar o‘rnida uylar quriladi
Obyektning o‘ziga xosligi uning tashqi ko‘rinishida bo‘ladi: bino qurilishida ulkan shishalardan foydalanilishi aytilmoqda.

Yana bir qiziq jihati, O‘zbekistonda ilk marotaba avtoturargohni binoning tom qismida joylashtirish qarori qabul qilindi. Ya’ni yangi savdo-ko‘ngilochar markaziga qarashli avtoturargoh bino tomida joylashtirilgan bo‘ladi. Obyektning o‘zi esa bir necha qavatdan tashkil topadi, dedi muxbirimiz.

Loyihachilar o‘zbekistonliklarni yana bir marta lol qoldirish uchun "yashil parkovka" yaratish ustida izlanishmoqda.

Bugungi kunda poytaxtdagi aksariyat avtoturargohlar quruq asfaltdan iborat bo‘lgan bir paytda, bino tomi ustida barpo etiladigan avtoturargoh tabiat bilan uyg‘un tarzda yaratilishi ta’kidlanmoqda.

Muxbirimizning so‘zlariga qaraganda, avtomobillar yon-atrofida daraxtlar va boshqa o‘simliklar bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0