TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Kecha, 26-mart tongda Namangan delegatsiyasini Sverdlovsk viloyati rasmiy vakillari hamda «Ural o‘zbeklari ittifoqi» rahbari Z.Olloberganovlar kutib olishdi, viloyat hokimiyati xabariga asosan.
Yekaterinburgda, delegatsiya vakillari, rejaga asosan, «Universitetskiy» texnoparkiga tashrif buyurishdi. U yerda zamonaviy texniika yutuqlari bilan jihozlangan texnopark faoliyati bilan tanishishdi va o‘zaro tajriba almashishdi.
Kun davomida Yekaterinburgda joylashgan Rossiya Federatsiyasining birinchi Prezidenti Boris Yelsin markaziga sayohat uyushtirildi. Kun yakunida o‘zbekistonlik mehmonlar uchun «Ural o‘zbeklari ittifoqi» jamoat tashkiloti tomonidan madaniy dastur tashkil etildi.
Bugun 27 mar kuni Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov Sverdlovsk viloyati guburnatori Yevgeniy Kuyvashev bilan uchrashuv rejalashtirilgan.
O‘zbekiston delegatsiyasining Ural hududiga bo‘lgan ushbu tashrifi O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov va O‘zbekiston prezidentining vakili hamda "O‘zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi rahbari Akmal Kamalov ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.
Kunning ikkinchi yarmida Namangan viloyati delegatsiyasi biznes-forumda ishtirok etadi va Pervouralsk quvur zavodi, Ural Kardioligiya instituti va Ural Davlat Pedagogika universitetlariga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Namangan viloyati delegatsiyasining Sverdlovsk viloyatiga safari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aprel boshida Rossiyaga bo‘ladigan birinchi rasmiy tashrifi oldidan bo‘lib o‘tmoqda.