Bundan keyin gaz idorasiga ishga kiruvchining nomzodi har tomonlama o‘rganiladi

Obuna bo‘lish
"O‘ztransgaz" AK mas’ul xodimi Baxtiyor Po‘latov gaz idorasi xodimi va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatning hozirgi ahvolini qoniqarsiz, deb baholadi

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Bundan keyin gaz idorasiga ishga kiruvchining nomzodi har tomonlama o‘rganiladi. Ishga qabul qilish masalasi esa "Samarqandshahargaz" filialida tuzilgan komissiya qarori bilan hal etiladi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Samarqand viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari gaz, svet, suv pulini vaqtida to‘lashga chaqirdi
Bu haqda "Samarqandshahargaz" filiali xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Yig‘ilishda gaz idorasi nazoratchilarining asosiy vazifasi nimalardan iboratligi, nima sababdan ular aholi orasida o‘z obro‘sini yo‘qotmoqda, soha xodimlarining mavqeyini ko‘tarish, ularga nisbatan aholi ishonchini tiklash uchun nimalar qilish lozim, degan masalalar o‘rtaga tashlangan.

"Samarqandshahargaz" filiali boshlig‘i Akbar Bahriyev nazoratchilarni bevosita iste’molchilarga yaqinlashtirish va mijozlarning har bir muammo bo‘yicha uzoq masofani bosib, filial idorasiga kelishdek ovoragarchilikdan saqlash maqsadida shaharda 10 ta hududiy bo‘linma tashkil etilayotganligini bildirgan. Gaz iste’moli bilan bog‘liq barcha masalalar aynan shu joyning o‘zida hal etilishi aytilgan.

"Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun shahar hokimligi har bir hududda kerakli bino ajratib bergan. Shu yerning o‘zida bank shoxobchasi ham tashkil etiladi. Endi iste’molchi foydalangan gaz uchun to‘lovni nazoratchiga emas, balki turar joyiga yaqin bo‘lgan bank shoxobchasiga topshiradi", — deb aniqlik kiritgan xabarda jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev.

Ta’kidlanishicha, nazoratchi har uch oyda amalga oshirgan nazorati bo‘yicha dalolatnoma tuzib, bir nusxasini iste’molchiga qoldirishi kerak.

Gaz quvuri uchastkasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aholiga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan "O‘ztransgaz" AK mas’ul xodimi Baxtiyor Po‘latov gaz idorasi xodimi va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatning hozirgi ahvolini qoniqarsiz, deb baholagan. "Bundan keyin gaz idorasiga ishga kiruvchining nomzodi har tomonlama o‘rganiladi. Ishga qabul qilish masalasi esa "Samarqandshahargaz" filialida tuzilgan komissiya qarori bilan hal etiladi", — deb qo‘shimcha qilingan xabarda.

Yig‘ilishda Samarqand shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Z.Xo‘jayev joriy yilning dastlabki ikki oyida shaharda 45 ta firibgarlik jinoyati sodir etilganligini ta’kidlab, ular orasida "Samarqandshahargaz" filiali xodimi ham borligini qayd etgan.

Yig‘ilishda "Samarqandshahargaz" filialida ichki tartib-intizomni mustahkamlash hamda mijozlar bilan ishlash tizimini tubdan o‘zgartirish masalalari batafsil muhokama qilingan.

Yangiliklar lentasi
0