O‘zbekistonda aholiga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishGaz quvuri uchastkasi
Gaz quvuri uchastkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunga kelib gaz ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun 68,6 km gaz quvuri kapital ta’mirdan chiqarilgan, 171,9 km gaz kommunikatsiyalari rekonstruksiya qilingan

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekistonda aholiga tabiiy gaz yetkazib berishni barqarorlashtirish bo‘yicha keng miqyosli choralar ko‘rilmoqda, deb xabar qildi "O‘ztransgaz" kompaniyasi vakillari 27-fevral kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumani doirasida.

Konforki gazovoy pliti - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandshahargaz: gaz bo‘lmasa ham qarz bor
Xususan, bugunga kelib gaz ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun 68,6 km gaz quvuri kapital ta’mirdan chiqarilgan, shuningdek 171,9 km gaz kommunikatsiyalari rekonstruksiya qilingan. Bundan tashqari, 7,2 ming kilometrlik gaz quvurining zichligi o‘rganilgan va havo berib ko‘rilgan. 5,6 ming kilometrlik yerosti quvurlarining holati o‘rganilgan. 70,5 ming gaz taqsimlash punktlari tekshirib ko‘rilgan.

"Gaz tarmoqlariga ulanmagan aholi punktlariga suyultirilgan gazni yetkazib berish bo‘yicha alohida ishlar bajarilmoqda. Bu borada 2,5 mln xonadonga tabiiy gaz shu tarzda yetkazib beriladi. Bunda 60dan ortiq gaz to‘ldiruvchi stansiyalar va punktlar aholiga xizmat ko‘rsatadi. 200dan ortiq servis xizmatlari gaz ballonlarini tarqatish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, suyultirilgan gazni manzilga yetkazishda 237ta sisterna-vagonlar va 90ga yaqin avtotsisternalardan foydalaniladi", — dedi "O‘ztransgaz" vakili.

Soha ishchilarining aytishicha, o‘tgan yili respublika bo‘ylab qo‘shimcha ravishda 20ta gaz to‘ldiruvchi punkt foydalanishga topshirilgan. Aholiga 528 mingga yaqin gaz ballonlari yetkazib berilgan. Shu bilan birga, MAN markali ikkita propan tashuvchi va 32 dona maxsus Isuzu avtomashinalari xarid qilingan.

Gaz yo‘q - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand hokimligi: gaz va elektrdan qarz 1 trln so‘mdan oshgan. Ayb kimda?
Gaz ta’minotidagi yana bir yangilik sifatida shuni aytish mumkinki, mamlakatda foydalanilgan gaz uchun to‘lovni yig‘ish bilan xususiy operatorlar shug‘ullanadi. Kompaniyaning bir xodimi so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi takliflar allaqachon ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasiga topshirilgan.

Qayd etish joizki, hozirda O‘zbekistonda aholining tabiiy gazdan foydalanganlik uchun qarzi juda katta. Gaz yetkazib beruvchilar qarzlarni undirish uchun iste’molchilarning uylariga borib mablag‘ yig‘ish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsalar-da, ular pul mablag‘lari 100 % davlat g‘aznasiga kelib tushishini ta’minlay olmaydilar.

Yangiliklar lentasi
0