Emomali Rahmonning qizi dunyoning eng omadli ayollari ro‘yxatiga kiritildi

© IA "Ozodagon"Rahmon Ozoda Emomali
Rahmon Ozoda Emomali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har yili e’lon qilib boriladigan "100 ayol" loyihasi doirasida VVS telekompaniyasi o‘z mamlakati hayotida faol ishtirok etadigan 7 davlat prezidentlari qizlarini ham ko‘rsatib o‘tdi

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Tojikiston prezidentining qizi Ozoda Rahmon dunyoning eng omadli 100 ayoli ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston.

Ozoda Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon o‘z qizini prezident apparati rahbari etib tayinladi
Nashr xabariga ko‘ra, VVS telekompaniyasi dunyodagi turli mamlakatlar rahbarlari qizlari orasida eng obro‘lilarini ommaga tanishtirishni maqsad qilgan. Telekompaniya tuzgan ro‘yxatdan Rossiya, AQSh, Tojikiston, Pokiston, Turkiya, Angola va Kubaning eng mashhur ayollari joy egallagan.

Xabarda aytilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z qizi Ivanka uchun Oq Uydan kabinet ajratishi bu g‘oyaga turtki bo‘lgan. Ivanka endilikda Trampning "ko‘zi va quloqlari" bo‘lishi aytilmoqda. Ivanka Tramp Oq Uyda rasman hech qanday amal egallamasada, AQSh prezidentiga turli maslahatlar beradi, deb yozgan nashr.

Senator va ma’muriyat rahbari

"Ozoda Rahmon — Emomali Rahmon oilasining rahbarlik lavozimini egallab turgan yagona vakili emas. Emomali yaqinda o‘z kenja o‘g‘lini Dushanbega mer etib tayinlagan edi. 2016-yilda Emomali Rahmon Ozodani prezident devoni rahbari etib tayinlagan. Ayol bundan tashqari senator vazifasida ham faoliyat yuritadi", — deyiladi xabarda.

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon 29 yashar o‘g‘lini Dushanbega mer etib tayinladi
Tojikiston prezidentining 39 yashar qizi huquqshunoslik diplomiga ega. U o‘z faoliyatini diplomatiya sohasidan boshlagan, 2009-yilda Tojikiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.

Ozoda Rahmon turmush o‘rtog‘i Jamoliddin Nuraliyev bilan 5 nafar farzandni tarbiyalamoqda. Nuraliyev — Tojikiston Milliy banki raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi.

Boshqa davlatlardachi?

VVS ro‘yxatidan shuningdek, Pokiston Bosh vazirining qizi — Maryam Navoz, Rossiya prezidentining qizi — Yekaterina Putina, Turkiya rahbarining kenja qizi — Sumiye Erdo‘g‘on, afrikalik birinchi milliarder ayol — Izabel dush Santush (Angolaning ikkinchi prezidenti qizi), va Kuba prezidentining qizi — Mariela Kastrolar o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0