TOShKENT, 23 mar — Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Londonda sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Terakt London vaqti bilan 14.40da chorshanba kuni sayyohlarning eng sevimli joylaridan birida sodir etilgan: Vestminster ko‘prigida harakatlanayotgan mashina trotuarga chiqib, bir necha kishini urib yuborgan, parlament binosigacha yetib borgan va u yerda politsiya tomonidan to‘xtatilgan.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey axborotiga ko‘ra, ushbu teraktda 11 mamlakat fuqarolari jabrlangan, ulardan 12 nafari britaniyalikdir.
"11 millat vakillari jarohat olgan: 12 nafar britaniyalik, 3 nafar fransuz, 2 rumin, 4 nafar Janubiy Koreya fuqarolari, bir nafar polyak, bir nafar germaniyalik, bir nafar irlandiyalik, bir nafar xitoylik, AQSh fuqarosi, italiyalik va ikki nafar Gretsiya fuqarosi", — deb aytgan Mey parlamentda chiqishi vaqtida.
Meyning so‘zlariga ko‘ra, uch nafar politsiyachi jarohatlangan, ularning ikki nafari hozir kasalxonada og‘ir ahvolda yotibdi.