O‘zbekistonliklar tez orada Polshada ishlashlari mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Mixail MordasovRabochiy na pulte upravleniya na sementnom zavode
Rabochiy na pulte upravleniya na sementnom zavode - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lodz va Lyublin viloyatlari gubernatorlari o‘zbekistonlik ishchilar tez fursatlarda kelib mehnat qilishlarini ta’minlash uchun mehnat faoliyatiga ruxsatnoma berish jarayonini tezlashtirish va soddalashtirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekiston Mehnat vazirligi delegatsiyasi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Polshada TRADMA, HR AGENCIA, EL-IN, JP CONSTRUCT kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, delegatsiyaning Lodz va Lyublin viloyatlari gubernatorlari bilan ham uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu viloyatlar Polshaning tekstil va qishloq xo‘jalik sohasidagi yetakchi hududlari hisoblanadi. O‘zbekiston Mehnat vazirligi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari o‘rinbosari Xo‘jabahlil Asomov Polsha vakillarini agentlikning tuzilish tarixi, uning maqsad va vazifalari, O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimi bilan tanishtirdi.

Chegaradagi furalar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Polshaga eksport hajmi oshdi

Lodz va Lyublin viloyatlari gubernatorlari Aleksey Baginskiy va Pshemislav Charnek yig‘ilganlar e’tiborini qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, tekstil va oziq-ovqat sanoatida malakali kadrlar yetishmasligiga qaratishdi hamda o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Ular o‘zbekistonlik ishchilar tez fursatlarda kelib mehnat qilishlarini ta’minlash uchun mehnat faoliyatiga ruxsatnoma berish jarayonini tezlashtirish va soddalashtirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Shuningdek, Lyublin tadbirkorlari Biznes klubi vakillari va TRADMA kadrlar agentligi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda tomonlar samarali hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Polsha vakillari kelgusida O‘zbekistondan nafaqat malakali ishchilarni ishga qabul qilishi, balki Polsha kompaniyalari ham respublika iqtisodiyotiga sarmoya kiritishiga umid bildirdilar.

Yangiliklar lentasi
0