O‘zbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi bo‘yicha ikkita kelishuv imzolaydi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishMigratsiya markazi
Migratsiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini yuritish uchun O‘zbekiston fuqarolarini jalb etishni tashkillashtirish va ishga yollash bo‘yicha kelishuv imzolanishi kutilmoqda

TOShKENT, 15 fev — RIA Novosti. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari aprelda mehnat migratsiyasi sohasida ikkita kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti mehnat vazirligi vakiliga asoslanib.

Ishonch telefoni operatori - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada O‘zbekistonlik migrantlar uchun ishonch telefoni ishga tushadi

"Aprelda mehnat migratsiyasi sohasida ikkita kelishuv imzolash rejalashtirilmoqda, hozirda matnlarni muvofiqlashtirish jarayoni ketmoqda", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Xususan, Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini yuritish uchun O‘zbekiston fuqarolarini jalb etishni tashkillashtirish va ishga yollash bo‘yicha kelishuv imzolanishi kutilmoqda.

Ikkinchi kelishuvda esa ikki mamlakatning migratsiya sohasidagi vakolatli organlarining o‘zaro hamkorligi ko‘zda tutiladi.

Mehnat vazirligi vakilining aytishicha, hujjatlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amalga oshiradigan tashrifi davomida imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0