Toshkent yo‘llaridagi kameralar: test sinovidagi birinchi xatoliklar

© Sputnik / Evgeniy Biatov / Mediabankka o‘tishVideokuzatuv kameralari
Videokuzatuv kameralari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxtlik haydovchilarning aksariyati shu kunlarda yo‘l harakati qoidasini buzganliklari haqida maktublar ola boshladilar. Haydovchilarning aksariyati ushbu maktublarda jiddiy xatoliklar borligini payqab qolishdi va bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zaro bo‘lisha boshladilar

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. 15-martdan boshlab Toshkentning 115 chorrahasida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd qiluvchi videokameralar ishga tushgan edi.

Shtrafi s Kamer - Sputnik O‘zbekiston
Kameralar bir kunda 15 milliard jarima yozdi
Kameralar ishga tushirilganidan bir hafta o‘tib, ular faoliyatida qator xatoliklar borligini aniqladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Shu kunlarda yo‘l harakati qoidasini buzganliklari haqida maktublar ola boshlagan poytaxtlik haydovchilarning aksariyati maktublarda jiddiy xatoliklar borligini payqab qolishdi va bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zaro muhokama qila boshladilar.

Mana, misol uchun haydovchilarning bir qismi suratlarda ularning avtomobillari o‘rniga boshqa, o‘xshash raqamli avtomobillar qayd qilingan maktublarni olishgan.

"Men umuman tushunmadim, ustimdan kulishaptimi? Menga kelgan maktubda 10H658JA "Moskvich" avtomobiliga jarima belgilangani yozilgan, suratda esa 10H655JA "Neksiya" turibdi. Nima u yoqda ko‘rlar ishlaydimi?", — degan foydalanuvchilardan biri.

Haydovchilarning yana bir qismi esa allaqachon sotilgan yoxud boshqa birovlarga rasmiylashtirilgan avtomobillar uchun jarima maktublarini olganlar. Haydovchilarning yana bir qismi o‘zlarining haqliklarini isbotlashga majbur bo‘lgan.

Misol uchun, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri qizil chiroqda harakatlangani uchun maktub olgan. Maktubda ilova qilingan suratda esa avtomobil egasi yashil chiroqda harakatlanayotgani muhrlangan.

Probki v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Videoqaydlov tizimi Toshkent ko‘chalarida tiqilinchlarga sabab bo‘ldi
Foydalanuvchining so‘zlariga qaraganda, u bu holat bo‘yicha darhol dispetcherga qo‘ng‘iroq qilgan, voqeaga aniqlik kiritilgach — xat xatolik tufayli jo‘natilgani bildirilgan.

"Ogoh bo‘ling, agar yo‘l harakati qoidasini buzganligingizga shubhalansangiz, qo‘ng‘iroq qilib, aniqlik kiriting", — deb yozgan foydalanuvchi.

Aytish joizki,Toshkent shahri IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ilgariroq birinchi bir necha oy davomida kameralar test sinovidan o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Boshqarma xodimlari so‘zlariga qaraganda, bu tizimning ham, qolgan boshqa texnik yangilik sifatida xatoliklari bo‘lishi turgan gap, shu bois ham test sinov muddati belgilangan.

Agar avtomobil egalari o‘zlarining haqligiga amin bo‘lsalar, u holda ular Markaziy dispetcherlik xizmati va sud organlariga murojaat qilishlari mumkin.

Ayni damda ushbu kameralar faqat tezlikni oshirish va qizil chiroqqa o‘tish uchun jarima belgilaydi. Avtomatlashtirishning keyingi bosqichlarda kamerralar uyali telefon orqali gaplashish va taqilmagan xavfsizlik kamari kabi qoidabuzarliklarni ham qayd qila boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0