Kameralar bir kunda 15 milliard jarima yozdi

Obuna bo‘lish
Toshkent yo‘llarida kechadan boshlab ishga tushgan kameralar bir kunda 40 mingta jarima qayd qildi.

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Facebook foydalanuvchisining xabariga ko‘ra Toshkent ko‘chalarida kecha rasman ishga tushgan videoqayd kameralari bir kunda 40 mingta jarima qayd qilib, 15 milliard so‘mdan ko‘p jarima chiptalari yozgan.

"Voditeli Tashkkenta" guruhi ushbu ma’lumotlarni "Toshkent" telekanali orqali namoyish  etilgan ko‘rsatuv ma’lumotlari asosida xabar qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha 15-martdan boshlab Toshkentning 115 chorrahasida YHQ buzilishini qayd qiluvchi videokameralar ishga tushgan edi. Ayni damda ushbu kameralar faqat tezlikni oshirish va qizil chiroqqa o‘tish uchun jarima belgilaydi. Avtomatlashtirishning keyingi bosqichlarda kamerralar uyali telefon orqali gaplashish va taqilmagan xavfsizlik kamari kabi qoidabuzarliklarni ham qayd qila boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0