Ehtiyot bo‘ling: ertaklarga ham besoqollar kirib kelmoqda

© AP Photo / Disney via APKadr iz filma "Krasavitsa i chudovishe"
Kadr iz filma Krasavitsa i chudovishe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada "Sohibjamol va maxluq" filmiga "16 yoshdan kattalar uchun" degan belgi qo‘yildi

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Go‘zal muhabbatni tarannum etuvchi "Sohibjamol va maxluq" ertagi haqida eshitmagan, mazkur ertak asosida yaratilgan film va multfilmlarni qayta-qayta tomosha qilmagan insonlar kam bo‘lsa kerak. Zero ertakda sevgi-muhabbat har qanday yovuzlikni yengishi, mo‘’jizalar sodir etishi, tashqi ko‘rinish aldamchi bo‘lishi, oqko‘ngillik, samimiylik dunyoni qutqarishi ta’kidlanadi.

Xuddi ana shu go‘zal multfilm va kinoasarlarni dunyoga taqdim etgan Disney kompaniyasi "Sohibjamol va maxluq" ertagi asosida rejissor Bill Kondon suratga olgan yangi filmni namoyish etdi. Bu film bir qarashda ilgari suratga olingan filmlardan deyarli farq qilmaydigandek, lekin…

Film muallifi Bill Kondonning aytishicha, ushbu muziklda besoqolboz qahramonga ham o‘rin ajratilgan. Uning ismi LeFu bo‘lib, Gastonga yordam beradi. Va u shunchaki yordam beribgina qolmaydi, balki o‘zining hamjinsini o‘pishni istaydi.

Aytsam ishonmaysiz (Multfilm) - Sputnik O‘zbekiston
Kimning nog‘orasini chalyapsan, multiplikator?

Attitude Magazinega bergan intervyusida Bill Kondonning aytishicha, "LeFu bugun Gaston bilan bo‘lishni, ertaga uni o‘pishni istaydigan yigit. U o‘z fikrlaridan uyaladi. U o‘z tuyg‘ularini endigina anglab yetgan inson. Bu Disney studiyasi filmidagi ilk yoqimli besoqolbozlik lavhasidir".

16 mart kuni Malayziyada mazkur film premyerasi bo‘lib o‘tishi lozim edi, lekin ortga surildi. Malayziya kengashi filmdagi besoqolbozlik lavhasini olib tashlashni talab qildi. Mamlakatdagi diniy va dunyoviy qonunlarga ko‘ra, besoqolbozlik jinoyat hisoblanadi.

Rossiyada bu ertak filmga "16 yoshdan kattalar uchun" degan belgi qo‘yildi. Buning tashabbuskori Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonov bo‘ldi. U madaniyat vaziriga murojaat qilib, film besoqolbozlikni targ‘ib qilishi borasida tekshiruv o‘tkazishni so‘radi.

"Davlatning bolalar oldidagi birinchi navbatdagi vazifasi bolalik va o‘smirlikni dunyodagi iflosliklardan himoya qilish, bolalar musaffoligini asrash, farzandlarimizni razil va xavfli illatlardan saqlashdir. Mazkur holatda bizning umumiy vazifamiz esa bu muziklning har qanday ko‘rinishda ekranlarga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik", dedi Milonov.

Singapurda ham mashhur ertakning yangicha talqini yosh bolalar uchun emasligi ta’kidlandi.

Dedpul filmidan sahna - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent kinoteatrlari Dedpul filmini ko‘rsatishdan voz kechishdi

AQShning Alabama shtatidagi kinoteatrda ham besoqol qahramon sababli "Sohibjamol va maxluq" namoyishi taqiqlandi. Kinoteatr xo‘jayinlari kompaniyalar o‘z qarashlarini tiqishtirishda davom etishayotgan vaqtda "bu zarbaga dosh berish" kerakligini bildirishdi. Kinoteatr tomoshabinlarga oilaviy kartinalar namoyish etishga va’da berdi.

Yaqinda Amerika kinoakademiyasining "Oskar" mukofoti "yilning eng yaxshi filmi" nominatsiyasida "Oy nuri" filmiga topshirildi. Filmda Mayami shahrilik qora tanli yigitning mashaqqatli hayoti haqida hikoya qilinadi. Mashaqqatli hayot kechirgan bu yigit ham negadir besoqol.

Bunday kosa tagida nimkosa tarzidagi asarlar orqali mualliflar nimani targ‘ib qilishmoqchi? Xulosa o‘zingizdan.

Yangiliklar lentasi
0