TOShKENT, 12 fev – Sputnik. Toshkentning besh yirik kinoteatrlari ameriakaning yangi «fantastik boyevik» janrida suratga olingan "Dedpul" (Deadpool) filmini ko‘rsatishdan voz kechishdi, xususan, axloqiy sabablarga ko‘ra.
Film AQShda 9-fevralda, Rossiyada 11-fevralda ekranlarga chiqdi. Film faqat 17 yoshdan katta tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan.
Filmda qotillik va zo‘ravonlik sahnalari, to‘lib toshib yotibdi. Ayniqsa odam tanasiga og‘ir jarohat yetkizish sahnalari, faqat Gollivudga xos alohida “lazzat” bilan tasvirlangan. Ma’naviy jihatdan esa, ko‘pgina AQSh “boyevik”lari kabi, ko‘lmakdan sayoz. Film prokati Xitoyda ham ta’qiqlanishi bejiz bo‘lmasa kerak.
RIA Novosti muxbiriga Toshkentning MegaCinema kinoteatri menedjeri aytishiga qaraganda, “Dedpul” o‘zbek jamiyatining axloqiy va ma’naviy meyorlariga to‘g‘ri kelmaydi, shuning uchun kinoteatr uni ko‘rsatishdan voz kechgan.
“Biz kinoteatrlarga litsenziya beramiz xolos, repertuarni kinoteatrlarning o‘zi tuzadi. Filmlarni ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik haqidagi qaror, faqat kinoteatrlar rahbariyati tomonidan qabul qilinadi”, — dedi "Uzbekkino" vakili.
“Dedpul” – “Iks odamlar” filmlar seriyasining sakkizinchisi bo‘lib, bosh rolda — Uyeyd Uilson sobiq spesnazchi rolini o‘ynaydi. Og‘ir kasallikdan so‘ng uning tanasi ustidan tibbiy tajriba o‘tkaziladi va natijada qahramon tana yaralari juda tez bitish va super kuch va super tezlik kabi qobiliyatlarga ega bo‘ladi. Biroz vaqt o‘tib Dedpul o‘zining hukumatning “Super askar” yaratish dasturining mahsuloti, ya’ni “tajriba quyonchasi” ekanini anglab yetadi va hukumatdan qasos olishga qaror qiladi. Unga qarshi hukumatning maxsus kuchlari va boshqa “super qobiliyatga” ega bo‘lgan qahramonlar kurashadi.