Andijon va Novosibirsk o‘rtasida "yashil yo‘lak" yaratiladi

© Pravitelstvo Novosibirskoy oblastiXokim Andijanskoy oblasti Shuxratbek Abduraxmonov (sleva)
Xokim Andijanskoy oblasti Shuxratbek Abduraxmonov (sleva) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sotuvchi va xaridorlarning manfaatlarini inobatga olgan holda Novosibirskda O‘zbek savdo uyi ochiladi

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi, xususan, Andijon viloyati bilan sanoat, tibbiyot va ta’lim sohalarida faol hamkorlik qilinmoqda, dedi Novosibirsk viloyati hukumat raisining o‘rinbosari Vladimir Znatkov Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Uchrashuvda ikki viloyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va iqtisodiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

"O‘zbekiston Respublikasi, xususan, Andijon viloyati bilan sanoat, tibbiyot va ta’lim sohalarida faol hamkorlik qilinmoqda. Novosibirsk viloyati iqtisodiy va madaniy hamkorlik bo‘yicha katta tajribaga ega va biz savdo-iqtisodiy salohiyatni yanada kengaytirish uchun sharoit yaratishga tayyormiz", — dedi Vladimir Znatkov.

Gorod Novosibirsk - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi Novosibirskda muzokaralar o‘tkazadi

O‘z navbatida Shuhratbek Abdurahmonov Novosibirskka tashrifdan asosiy maqsadlardan biri uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, jumladan yetarli miqdorda yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish ekanligiga e’tibor qaratdi.

Novosibirskka ushbu mahsulotlarni yetkazib berish uchun "yashil yo‘lak" yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi. "Yashil yo‘lak" tartibi fitosanitariya, bojxona va boshqa tekshiruv jarayonlariga ketadigan vaqt sarfini kamaytirish imkonini beradi. Oziq-ovqat ko‘rgazmalari, yarmarkalarini o‘tkazish, ishchi tashriflar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, Shuhratbek Abdurahmonov madaniy-gumanitar, turizm, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida viloyatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

© Pravitelstvo Novosibirskoy oblastiO‘zbekiston delegatsiyasi Novosibirskka tashrif buyurdi
Vizit ofitsialnoy delegatsii Uzbekistana v Novosibirskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi Novosibirskka tashrif buyurdi

Shuningdek, Andijon viloyati hokimi Novosibirsk shahri meri Anatoliy Lokot bilan savdo, turizm, madaniyat va sport sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Mer Anatoliy Lokot o‘zbekistonliklar delegatsiyasini shaharning rivojlanish jarayoni bilan tanishtirdi.

Meva sabzavotlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yil davomida Novosibirskka meva-sabzavot yetkazib beradi

"Bugungi kunda Novosibirskni Osiyoga ochiladigan darvoza deb atash mumkin, — dedi shahar meri. — Rossiyaga Markaziy Osiyodan keladigan barcha narsa bizning shahrimiz orqali o‘tadi. Hamkorligimizni rivojlantirish salohiyati juda yuqori".

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov munitsipal boshqaruv bo‘yicha tajriba almashish hamda turizm va savdo sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi.

Novosibirsk gubernatorligi xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Sergey Sannikovning aytishicha, aholining O‘zbekistondan keltiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talabi doim yuqori bo‘lib kelgan.

"O‘tgan yili birgina Andijon viloyati 100 million dollarlik meva-sabzavot eksport qildi. Peshtaxtalarimizni olma, anor, uzum, o‘rik va boshqa mahsulotlar bezadi. Sotuvchi va xaridorlarning manfaatlarini inobatga olgan holda Novosibirskda O‘zbek savdo uyi ochiladi", dedi u.

Yangiliklar lentasi
0