O‘zbekiston yil davomida Novosibirskka meva-sabzavot yetkazib beradi

Obuna bo‘lish
Rossiya kompaniyasi 2017-yilda O‘zbekistondan haftasiga 150 tonna meva-sabzavotni import qilishni rejalashtirgan

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Rossiyaning Novosibirsk viloyati gubernatori V.F.Gorodeskiy rahbarligidagi ishbilarmon va tadbirkorlar doiralari vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda "O‘zagroeksport" AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Delegatsiya O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoir Mirzayevlar tomonidan qabul qilindi. Tomonlar savdo hajmini oshirish va meva-sabzavot mahsulotlarini markazlashtirilgan holda tizimli ravishda yetkazib berish masalalarini muhokama qildilar.

Meva sabzavotlar rastasi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada O‘zbekiston meva-sabzavotlari uchun savdo uyi ochildi

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, "O‘zagroeksport-Sibir" savdo uyi orqali Rossiyaning Sibir federal okrugiga 2017-2019 yillarda yil mobaynida meva-sabzavot mahsulotlarini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Gubernator Gorodeskiy "Gold Dried Fruits" kompleksiga ham tashrif buyurdi. Bu yerda u meva va sabzavotlarning qayta ishlanishi, quritilishi, shokli muzlatilishi, saqlanish va yuklanish jarayoni bilan tanishdi. Ilgariroq Sibirdagi eng yirik oziq-ovqat eksporti bilan shug‘ullanuvchi riteylerlardan biri bo‘lgan "Xolidey" kompaniyasiO‘zbekistondan meva-sabzavot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagani haqida xabar bergandik.

Qiymati bir million dollarlik meva-sabzavotlarning dastlabki partiyasi dekabr oxirida jo‘natilgan va rossiyaliklarning yangi yil dasturxonini bezagan. Rossiya kompaniyasi 2017-yilda O‘zbekistondan haftasiga 150 tonna meva-sabzavotni import qilishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0