TOShKENT, 21 mar — Sputnik. 2001-yil 11-sentabr teraktlarida qurbon bo‘lganlar bir guruh insonlarning qarindoshlari Saudiya Arabistoniga qarshi da’vo arizasini berdilar. Ular saudiyachilarni "Al-Qoida" terrorchilik guruhini moliyalashtirishda va qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
"Saudiya Arabistoni ikki yuzlamalik qildi. AQSh oldida va G‘arbning boshqa davlatlari qarshisida u "Al-Qoida" va terrorchilikka qarshi kurashayotgan davlatdek ko‘rsatdi o‘zini. Ammo shu bilan birga, ushbu hujjatda keltirilganidek, Saudiya Arabistoni hukumati nomidan ish olib boruvchi shaxslar "Al-Qoida"ga kattagina yordam berib kelishgan", — deyiladi da’vo arizasi matnida. Shuningdek, Saudiya Arabistoni ko‘magisiz, terrorchilar 11-sentabrda yuz bergan teraktlarni amalga oshiraolmagan bo‘lishlari qayd etilgan.
Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining fikricha, AQSh tomonidan qabul qilingan qonun yuz yillar davomida xalqaro munosabatlarning asosini tashkil qilgan suveren davlat tamoyillariga jiddiy putur yetkazmoqda.