TOShKENT, 9 fev — Sputnik. AQShda Amerika hukumati 11-sentabr teraktlarining bosh tashkilotchisi deb biladigan — Holid Shayx Muhammadning 18 betlik maktubi qisman e’lon qilindi. Ushbu maktub mamlakat sobiq prezidenti Barak Obamaga atalgan, deb yozadi Miami Herald nashri. RIA Novosti xabari asosida.
Muhammad o‘z maktubida 2001-yilning 11-sentabrida sodir etilgan teraktlarda Vashingtonning o‘zi aybdor, deya ta’kidlagan.
Muhammad Obamaga maktubda "ilonning boshi" va "zolimlik hukm surgan mamlakat prezidenti" deya murojaat qilgan.
E’lon qilingan maktub yakunida 2015-yil yanvar oyi sanasi qo‘yilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Guantanamo turmasi nazoratchilari Muhammadning ushbu maktubini Amerikaga yetkazishdan keskin bosh tortishgan. Ammo o‘tgan yilning sentabrida Muhammadning advokati sudyadan ushbu ishga aralashishni iltimos qilgan va ayblanuvchi prezidentga murojaat etishga haqli ekanligini aytgan. Natijada harbiy sud advokat talabini qondirgan.