TOShKENT, 29 sen — Sputnik. AQSh Kongressi Obama tomonidan "11 sentabrdagi teraktlarda qurbon bo‘lganlarning oilalariga Saudiya Arabistoni ustidan sudga arz qilish huquqini beruvchi" qonunga nisbatan qo‘yilgan "veto"si ya’ni taqiqini bartaraf etishga muyassar bo‘ldi; kongressmenlar Barak Obama hokimiyat tepasida bo‘lgan davrdan beri ilk marotaba o‘z huquqlaridan foydalandilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Qonun qabul qilingan kunning ertasiga Obama qarori bilan ushbu loyiha rad etildi. AQSh prezidenti o‘z qarorini "ittifoqdoshlar bilan aloqalarni buzishni istamasligi" bilan izohladi.
Kongress Obamaga qarshi
Reyter agentligi xabariga ko‘ra, kongressmenlarning 348 nafari (76 taga qarshi) prezident qo‘ygan veto qaytarilishi uchun ovoz berishgan ovoz bergan.
Kongressning ommaviy noroziligi vakillik palatasining aksariyatini respublikachilar tashkil qilishi bilan izohlanadi. Ular doimiy ravishda demokrat-prezident qabul qilgan qarorlarni tanqid qilib keladilar.
Aytgancha, Barak Obamaning partiyadoshlari ham taqiq bekor qilinishi uchun ovoz berganlar.
Ekspertlarning ta’kidiga ko‘ra, Kongress Obama prezidentlik kursisiga o‘tirganidan buyon birinchi marta u qo‘ygan taqiqqa qarshi chiqqan.
"Xavfli hodisa"
Kongress qarori Oq uy tomonidan allaqachon tanqid qilindi. Obamaning matbuot-kotibi Josh Ernest respublikachilarning faoliyatidan, nafaqat demokratlar, balki saylovchi-respublikachilarning o‘zlari ham qattiq norozi ekani haqida bayonot qildi.
"Biz kutilmaganda butun dunyo bo‘ylab qilayotgan ishlarimiz uchun javob beradigan bo‘lib qoldik. Sudlarga beriladigan shikoyat arizalar subyetiga aylandik. Axir natija qanday bo‘lishini bilmaymiz-ku", — deb ta’kidladi Obama.
AQSh prezidenti, shuningdek, Kongress qachondir "bosh ko‘tarishi" mumkinligi haqida xayoliga keltirmaganini qo‘shimcha qildi.