O‘zbekiston prezidentining yangi farmoni e’lon qilindi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida Shavkat Mirziyoyevning "Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilindi

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev har bir ma’ruzasi va nutqida, turli uchrashuvlarda O‘zbekiston xalqini rozi qilish uchun, eng avvalo, uning sifatli tibbiy xizmatga bo‘lgan talabini qondirish nihoyatda zarurligini doimo ta’kidlab kelmoqdalar, deb ta’kidlanadi Farmonga keltirilga sharhda.

Sun’iy jigar qon tozalovchi apparatiga ulangan be’mor - Sputnik O‘zbekiston
Prezident tibbiyot sohasini yana bir bor tanqid qildi
Hozirgi vaqtda shoshilinch tibbiy yordam tizimida yiliga 600 ming nafardan ziyod bemorga yuqori malakali statsionar va 1 million nafardan ortiq bemorga ambulator yordam hamda 7 milliondan ziyod chaqiriqlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilmoqda.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda sohada zudlik bilan hal etishni talab qiladigan bir qator muammo va masalalar ham borki, u aniq chora-tadbirlar ko‘rishni taqozo etmoqda.

Avvalambor, shoshilinch tibbiyot sohasidagi meyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish, malakali kadrlar, dori vositalari, tibbiy uskunalar, ixtisoslashtirilgan avtotransport va aloqa vositalari bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonida mazkur tizimni takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlarini belgilash, tez tibbiy yordam xizmatining sifat va samaradorligini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda bu borada xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident: Shifokor bemor kelishini kutmasin, kasallikning oldini olsin
Farmonda, shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam tizimida zamonaviy ilmiy-texnik yutuqlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining boshqa vazirliklar va idoralarning shoshilinch xizmatlari bilan tezkor hamkorligini ta’minlash bo‘yicha zamonaviy mexanizmlarni tatbiq qilish, kadrlarni tayyorlash borasida ilg‘or usullarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, deb qayta nomlandi va Markazning asosiy vazifalari belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0