Prezident tibbiyot sohasini yana bir bor tanqid qildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tish"Sun’iy jigar" qon tozalovchi apparatiga ulangan be’mor
Sun’iy jigar qon tozalovchi apparatiga ulangan be’mor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident aytishiga qaraganda tibbiyot sohasida aholi sog‘ligini mustahkamlash, ona va bola sog‘ligini asrash, aholini dori vositalari bilan ishonchli ta’minlash va sog‘lom avlod o‘stirish – eng muhim masalalardir.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hukumatning 2016-yil yakunlariga bag‘ishlangan majlisida, tibbiyot  sohasidagi jiddiy muammolar va yetishmovchiliklar haqida gapirdi.

Bu borada prezident sog‘liqni saqlashni rivojlantirish va ekologiya va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari, sobiq tibbiyot vazirAdham Ikromov faoliyatini tanqid ostiga oldi.

Tibbiyot fakulteti talabasi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: tibbiyot OTMlarida o‘quv muddati qisqartirilishi kerak

Mirziyoyev tibbiyot sohasida qator muammolarni sanab o‘tdi. Jumladan, quyidagi muammolarga alohida to‘xtab o‘tildi:

qishloq vrachlik puntlarining islohot qilinmagani va u yerda vrachlar, uskunalar va dori vositalari yetishmovchiligi;

tibbiy xizmatlar sifati pastligi tufayli har yili 30 mingga yaqin fuqaro chet elga davolanishga borishga majbur bo‘layotgani;

tez tibbiy yordam xizmati faoliyatidagi yetishmoqchilik va tartibsizliklar;

tibbiyot xodimlari orasida yuz berayotgan tartibsizliklar va jinoiy ishlar hamda  tug‘ruqxonalardagi ta’magirlik;

ekologiya muammolari, tozalik bilan bog‘liq bo‘lgan epidemiologik holat;

dorixonalar tarmog‘ida mavjud bo‘lgan jiddiy kamchiliklar;

Shuningdek, Mirziyoyev Tibbiyot sohasining jismoniy tarbiya bilan bog‘liqligiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, prezident Yozgi Olimpiadagi O‘zbekiston sportchilari yutuqlari nega faqat sportning 4-5 cheklangan turlarida ekanligi sabablari bilan qiziqdi.

“Albatta, bu sohada, ayniqsa, oliy mahorat sporti borasida keyingi yillarda muayan yutuqlarimiz bor. Biz ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Lekin oxirgi Olimpiadada faqatgina og‘ir atletika, boks, kurash va dzudo bo‘yicha sovrinli o‘rinlar egallandi. Buning sababi nimada?”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Nutqining davomida Mirziyoyev aytib o‘tilgan har bir muammo bo‘yicha samarali yechimlar topilishi kerakligini ta’kidladi. Jumladan, qishloq vrachlik punktlaridagi, tez tibbiy yordam sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish kerakligini, vrachlarni xorijdagi klinikalarga malaka oshirishga yuborishni tashkil qilish kerakligi aytib o‘tildi.

Dorixonalar faoliyatini tartibga solish kerakligi borasida Prezident alohida to‘xtalib o‘tdi.

“340 nomdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari chegaralangan narx bo‘yicha sotilishini nazorat qiluvchi organlar bilan birga qat’iy tartibga solish zarur. Har bir fuqaro qabul qilayotgan qarorlarimiz real foyda berayotganini sezishi kerak”, — dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, ekologiya sohasidagi muammolarga ham jiddiy e’tibor berish kerakligini, avvalo chiqindilar bilan ishlash sohasida nazoratni kuchaytirish kerakligini ta’kidladi.   

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev xorijdagi o‘zbek shifokorlarini qaytarishni talab qildi

Undan tashqari, prezident davlat tomonidan qariyalar va nogirolarga ajratilayotgan yordamning har biri o‘z egasiga yetib borishi kerakligi ham aytib o‘tdi.

Shuningdek,  Shavkat Miromonovich, Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedovning faoliyatini ham tanqid ostiga olib, mamlakatda jismoniy tarbiya va sport sohasida yaratilgan qudratli bazadan samarali foydalanishga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0