O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari joriy qilinadi

© Sputnik / StringerTez tibbiy yordam mashinasi
Tez tibbiy yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, deb qayta nomlandi va Markazning asosiy vazifalari belgilandi

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va "O‘ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari joriy qilinadi.

O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidentining yangi farmoni e’lon qilindi
Bu haqda O‘zbekiston prezidentining "Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonida aytib o‘tilgan.

Farmonga ko‘ra, 2017-yilning 1-iyuligacha yagona ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ini yaratgan holda, tez tibbiy yordam brigadalarining faoliyatini tezkor boshqarish va muvofiqlashtirilishini ta’minlovchi Markaz va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi.

Xususan, aholiga bepul asosda malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy xizmat ko‘rsatish, samaradorligi bo‘yicha jahon talablariga mos keladigan shoshilinch tibbiy yordam tizimining faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarning profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash bo‘yicha yangi, samarali texnologiyalarni yaratish, xorijiy turdosh tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish kabi yo‘nalishlar Markazning asosiy vazifalari sifatida qayd etildi.

Bundan tashqari, Markaz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida fan va ilmiy tadqiqotlar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish va ilg‘or texnologiyalarni yaratish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borishni, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi uchun ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni ham muvofiqlashtirib boradi.

Tez yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Xizmat vazifasini o‘tayotgan maxsus transportga jarima yozilmaydi
Endilikda Markazning Tez tibbiy yordam stansiyalariga avtotransport xizmatini ko‘rsatish "Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi" davlat korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa avtotransport vositalarining har doim soz holatda bo‘lishini va kerakli manzilga o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ayni vaqtda kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tizimning transport parkini boyitish uchun davlat budjeti va boshqa mablag‘lar hisobidan 1200 ta tez tibbiy yordam avtomobili xarid qilinadigan bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0