Xizmat vazifasini o‘tayotgan maxsus transportga jarima yozilmaydi

© Sputnik / StringerTez yordam mashinasi
Tez yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent ko‘chalarida ishga tushgan YHQ buzilishini qayd qiluvchi kameralar, be’morlarga yordam ko‘rsatish uchun shoshilib qizil chiroqqa o‘tayotgan yoki tezlikni oshirayotgan tez yordam avtomobillariga jarima yozmaydi.

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Toshkent shahar YHX Boshqarmasi viyeoqayd kameralari yordamida tez yordam avtomobillari va boshqa maxsus transport vositalari nomerlarini qoidabuzar sifatida qayd qilmaslik mexanizmini ishlab chiqarmoqda, deb xabar qildi muassasa vakili Sputnik muxbiriga.

Mutaxassis aytishiga qaraganda, maxsus ro‘yxat tuzilib, unga tez yordam va boshqa shoshilin xizmatlar avtomobillari nomerlari, huquqni saqlash organlari xodimlarining xizmat avtomobillari nomerlari kiritiladi va bunday avtomobillar xizmat vazifasini o‘tish vaqtida jarimaga tortilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 15-martdan boshlab Toshkentning 115 chorrahasida YHQ videoqayd qilish tizimi ishga tushdi. Xabarlarga ko‘ra, tizim bir kun ichida umumiy qiymati 15 milliarddan ortiq bo‘lgan 40 mingdan ortiq jarima yozishga ulgurgan.

 

Yangiliklar lentasi
0