Samarqandda gektar-gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallaganlar jazoga tortildi

© Flickr / tuchodiTraktor yer haydamoqda
Traktor yer haydamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noqonuniy egallangan 96,3 gektar yer maydoni faqatgina prokuratura aralashuvidan keyin qaytarilishi ta’minlangan

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. 2016-yilda prokuratura xodimlari tomonidan joylarda Yer kodeksi ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlarda, 275 holatda 207 gektar yer maydonidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashriga Camarqand viloyat prokurorining katta yordamchisi Cuhrob Majidov.

Bunda 115 holatda 73,4 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallangan, 61 holatda 81,2 gektar maydondan maqsadsiz foydalanilgan, 25 holatda 1,4 gektar yerda noqonuniy qurilishlar qilingan, 74 holatda 51 gektar maydondan boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Noqonuniy egallangan 96,3 gektar yer maydoni prokuratura aralashuvi bilan qaytarilishi ta’minlandi.

Odil sudlov ramzlari - Sputnik O‘zbekiston
"Iyegova shohidlari" sektasi Samarqandni ko‘z ostiga oldi
Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Ismat Mustafoyev" fermer xo‘jaligi boshlig‘i B.Mustafoyev 0,84 gektar yerni 10 kishiga firibgarlik yo‘li bilan 5 million 227 ming so‘mga sotgan. Urgut tumanidagi "Qo‘qoni nurli chamani" fermer xo‘jaligi boshlig‘i N.Xudoynazarov fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonida uy-joy qurish uchun yer berish evaziga T.Imomovdan 200 AQSh dollari olgan. Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bundan tashqari, yer maydonlari ajratilishida suiiste’molchilik, firibgarlik va boshqa ko‘rinishdagi qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilishining oldini olish borasida ham qator nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Jumladan, Past Darg‘om tumanidagi "Go‘zalkent" agrofirmasi bosh menejeri D.Samatov shu hududdagi "Asror Abror Erali Ernazar baraka" fermer xo‘jaligi boshlig‘i A.Meyliyev nomidan xo‘jalikning 6,1 gektar yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarib olish haqida tuman hokimi nomiga ariza yozib, fermer xo‘jaligi yer maydonini zaxiraga qaytarish haqida hokim qarorini chiqarishga erishgan.

Bu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov jarayonida tuman hokimining qarori bekor qilinib, yerning fermer xo‘jaligiga qaytarilishi hamda javobgarning jinoiy harakati uchun jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan joylarda tuman hokimlarining yer munosabatlariga oid qarorlari muntazam ravishda o‘rganilib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarining boshqa maqsadlarda ajratilishi va ulardan foydalanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat o‘rnatilgan. Bu borada Yer kodeksi ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasiga ko‘ra, 275 holatda 207 gektar yerdan noqonuniy foydalanilganligi va 102 holatda 1900 gektar yer maydoni noqonuniy ajratilganligi aniqlanib, 96 gektar noqonuniy egallangan hamda 1769 gektar noqonuniy ajratilgan yer maydonlari qaytarilishi ta’minlandi.

Qo‘lga olingan jinoyatchi - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda fuqarolar nomiga soxta kredit rasmiylashtirgan firibgar-bankirlar qo‘lga olindi
Shuni ham ta’kidlash zarurki, prokuratura xodimlari joylarda dehqon va fermer xo‘jaliklari huquqlari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan, Xalq banki Qo‘shrabot filiali mansabdor shaxslari O‘.Isanov, N.Rasulov va O.Yalg‘ashev bankning mijozi bo‘lgan "Qo‘shchorvayem" mas’uliyati cheklangan jamiyatining hisob raqamidagi 28 million so‘m va "Mirishkor obod bog‘lari" fermer xo‘jaligining 37 million so‘m pul mablag‘larini ularning roziligisiz turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlariga o‘tkazib yuborgan.

Ular bu qonunbuzarligi bilan fermerlarning bankdagi hisob raqamlaridan 21,2 million so‘m pulini talon-toroj qilgan. Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yetkazilgan zarar to‘liq undirildi.

Dehqon va fermerlar huquqi va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yer munosabatlariga oid qonunlarning ijrosi prokuratura organlarining doimiy e’tiboridagi masaladir.

Yangiliklar lentasi
0