Qudratli Rossiya Markaziy Osiyoni o‘ziga "tobe" qilishga urinyaptimi - Lavrov javobi

Obuna bo‘lish
2017 yil Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatganiga 25-yil to‘ladi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘rnatilgan munosabatlarning asosiy belgilari haqida so‘zladi

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. 2017-yil 15-mart kuni "Xalqaro hayot" jurnalida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning intervyusi e’lon qilindi.

Intervyu Rossiya TIV rasmiy saytida chop etilgan.

Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: O‘zbekiston bilan munosabatlarimiz chuqurlashadi degan fikrdamiz
Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan chorak asr davomida Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro hayotning tenghuquqli ishtirokchilariga aylandi. Bu vaqt mobaynida Rossiya Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan ittifoqdoshlik yoki strategik sherikchilik aloqalarini o‘rnatgan.

Nashrning "G‘arb Rossiya SSSRni qayta tiklamasa ham, ammo sobiq Ittifoq mamlakatlarini, shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarini ham o‘ziga "tobe" qilib olishga doir urinishlarini  qo‘ymayapti, deya ta’kidlashda davom etmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari rivojlanishida Rossiyaning real roli jihatidan bu bayonot yuzasidan qanday izoh berasiz?", degan savolga Lavrov quyidagicha javob qaytargan:

"Neoimperialistik" maqsadlar, chunonchi SSSRni tiklash haqidagi rejalar fantastika janriga tegishli va jiddiy muhokamaga loyiq emas. Rossiya har doim sobiq sovet respublikalari xalqlarining mustaqillik va mustaqil rivojlanish yo‘li foydasiga qilgan tanlovlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan. Rossiya ular bilan turli formatlarda faqat tenglik tamoyillari va bir- asosida hamkorlik munosabatlarini quradi.

Bu shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlariga ham tegishli. Bugun biz ikki tomonlama munosabatlar negizida hamda MDH, ODKB, YeII, ShHT singari integratsiya birlashmalari doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqdamiz", — degan Lavrov.

Yangiliklar lentasi
0