TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Rossiya Oʻzbekiston bilan munosabatlarni chuqurlashtirishning qoʻshimcha imkoniyatlari ishga solinadi degan fikrda, deya eʼtirof etdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.
"Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlari haqida gapiradigan boʻlsak, bu strategik hamkorlik munosabatlariga aylanganiga ancha boʻldi. Oʻzbekiston bir necha yil ilgari Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tarkibidan chiqib ketgan boʻlsa-da, bizning ikki tomonlama ittifoqchilik munosabatlarimiz xalqaro-huquqiy asoslarda mustahkamlangan. Va biz Oʻzbekistonning yangi prezidenti, yangi hukumati mazkur munosabatlarni davom ettirishni maqsad qilgan deb hisoblaymiz", — dedi vazir.
Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishning yangi imkoniyatlari har ikki mamlakat xalqlari manfaatlari uchun xizmat qiladi.