O‘zbekistonda toshqinga qarshi kurashish uchun 62 mlrd so‘m ajratiladi

© Sputnik / Aleksandr Polyakov / Mediabankka o‘tishReka Axangaran
Reka Axangaran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshqin, sel va ko‘chki xavfi mavjud hududlarda istiqomat qiluvchi aholi xavfsiz hududga ko‘chiriladi

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Daryo, soylarning o‘zanlari va qig‘oqlarida, gidrotexnika inshootlarida muhandislik-texnik va boshqa himoya tadbirlarini amalga oshirish uchun Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi qarori bilan 62 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida bo‘lib o‘tgan Toshqinga qarshi komissiya yig‘ilishida Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Moliya, Mudofaa, Tashqi ishlar vazirliklari, O‘zgidromet markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi va boshqa tegishli tashkilot, idoralarning rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislari ishtirok etdilar.

Shveysariya O‘zbekistonda sel kelish xavfidan ogohlantiruvchi tizim barpo etadi - Sputnik O‘zbekiston
Shveysariya O‘zbekistonda sel kelish xavfidan ogohlantiruvchi tizim barpo etadi

Yig‘ilish yakunida mutasaddi tashkilotlarga sel oqimlari va suv toshqinlari xavfi haqida tezkor axborotlarni yetkazish va aholini xabardor qilish maqsadida respublika va hududiy toshqinga qarshi shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, aerovizual kuzatuvlar va joylarni o‘rganishlar yo‘li bilan bahor-yoz mavsumida xavfli geologik va gidrometeorologik hodisalarning monitoringi kuchaytiriladi. Bahor mavsumida xavfli jarayonlarni kuzatib borish, aholini xavfli hududlarga yo‘latmaslik maqsadida respublika bo‘yicha nazorat-kuzatuv postlari tashkil qilinadi.

Toshqin, sel va ko‘chki xavfi mavjud hududlarda istiqomat qiluvchi aholi xavfsiz hududga ko‘chiriladi. Shuningdek, aholi orasida favqulodda vaziyatlarda o‘zini qanday tutish borasida targ‘ibot va tashviqot ishlari o‘tkaziladi, toshqin, sel va ko‘chki xavflari haqida o‘z vaqtida xabardor qilinadi.

Qamchiq dovoni - Sputnik O‘zbekiston
Qor ko‘chish xavfi tufayli "Qamchiq" dovonida qutqaruvchilar navbatchilik qilmoqda

Bundan tashqari, sel, suv toshqini, ko‘chki xavfi mavjud hududlarni muhofaza qilish maqsadida qirg‘oq mustahkamlash ishlari olib boriladi.
Xavfli hududlarda muhandislik va avtomobil texnikalarini jalb qilgan holda qirg‘oq mustahkamlash va o‘zan tozalash ishlarini bajarishga qaratilgan taktik-maxsus o‘quv mashqlari o‘tkaziladi.

2016 yilda, respublikamiz hududlarida toshqin, sel va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha 3 mln 248 ming 300 metr kub tuproq, 131ming 600 ming metr kub tosh, 30 ming 600 metr kub beton hajmdagi qirg‘oq mustahkamlash va o‘zan tozalash ishlari amalga oshirildi.

Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tegishli vazirliklar, idoralar hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan 99 taktik-maxsus o‘quv mashqlari davomida 88 ming metr kub tuproq ishlari, 2437 metr kub xarsang tosh ishlari, 39071 metr kub qum-shag‘al-tosh ishlari, 484 metr kub beton ishlari bajarildi. Shuningdek, 32 pogon kilometrdan ortiq masofadagi magistral kanallar tozalandi.

Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan 69 ta nazorat-kuzatuv postlari tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0