TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. "Qamchiq" dovonida mumkin bo‘lgan qor ko‘chikisi xavfi tufayli A-373 raqamli "Toshkent — O‘sh" trassasida qutqaruvchilar doimiy ravishda navbatchilik qilmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.
Yaqin kunlar ichida dovonda ob-havo o‘zgarib — 8 —10 daraja sovuq bo‘lishi, ko‘rish 50-100 metrgacha yomonlashib, shamol tezligi sekundiga 20 metrgacha oshishi mumkin. Ushbu ob- havo sharoitida qor ko‘chish xavfi saqlanib qolmoqda.
"Qamchiq" dovoni O‘zbekiston sharqida joylangan tog‘li dovon bo‘lib, u O‘zbekiston asosiy hududini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘laydi. Dovonning dengiz sathidan balandligi 2200 metrni tashkil qiladi. Dovon orqali asosiy avtomobil va temir yo‘llari o‘tgan. U yerdan sutkasiga 10-15 ming avtomobil o‘tadi.