Shveysariya O‘zbekistonda sel kelish xavfidan ogohlantiruvchi tizim barpo etadi

© press-slujba MChS KRShveysariya O‘zbekistonda sel kelish xavfidan ogohlantiruvchi tizim barpo etadi
Shveysariya O‘zbekistonda sel kelish xavfidan ogohlantiruvchi tizim barpo etadi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyiha doirasida Farg‘ona viloyatidagi Shohimardonsoy havzasida aholini sel kelish xavfidan ertaroq ogoh etuvchi tizimni o‘rnatish hamda axborot tizimini yaratish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Shveysariya “O‘zbekistonda suv resurslarini milliy boshqarish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan hukumatlararo kelishuvni imzoladi, deb xabar berdi mamlakat qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

Qutqaruvchilar o‘quv-mashg‘uloti - Sputnik O‘zbekiston
FVV: Mustaqillik yillarida 100 ming aholi xavfsiz joylarga ko‘chirildi
Loyiha doirasida Farg‘ona viloyatidagi Shohimardonsoy havzasida aholini sel kelish xavfidan ertaroq ogoh etuvchi tizimni o‘rnatish hamda axborot tizimini yaratish rejalashtirilgan. 2016-2018 yillarda amalga oshiriladigan loyiha shuningdek O‘zbekistondagi qator hududlar suv xo‘jaligi tashkilotlarining institutsional salohiyatini oshirishni ham ko‘zda tutadi.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Shveysariya hukumati loyiha doirasida 2,66 million dollar miqdorida grant mablag‘i ajratganligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Qirg‘izistonning tog‘li hududlaridan oqib o‘tuvchi Shohimardonsoy darosi gidrologik jihatdan o‘ta xavfli hisoblanadi. Bu yerda suv va sel toshqinlari muntazam ravishda qayd etiladi. 1998-yilning iyulida yuz bergan sel toshqini oqibatida mazkur hududda 100dan ortiq inson halok bo‘lgan va infrastruktura hamda qishloq xo‘jaligi sezilarli zarar ko‘rgandi.

Yangiliklar lentasi
0