Samarqand viloyati hokimi Tatariston prezidenti bilan uchrashadi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSvetovoe shou na Spasskoy bashne Kazanskogo Kremlya
Svetovoe shou na Spasskoy bashne Kazanskogo Kremlya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Himmat Oqbo‘tayev Tatariston Savdo-sanoat palatasida Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyati taqdimotini o‘tkazadi

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev Tataristonga ishchi tashrif bilan bordi. "Qozon" xalqaro aeroportida hokimni Tatariston Respublikasi bosh vaziri Ildar Xalikov kutib oldi, deb xabar bermoqda respublika prezidentining matbuot xizmati.

Himmat Oqbo‘tayev Tataristonga tashrifi doirasida "Olabug‘a" iqtisodiy zonasi, "Kamaz" avtomobil zavodining ishlab chiqaruvchi maydonlari, "Eydos" hududiy injiniring tibbiyot markazi va "Qozon" agrosanoat parkiga borishni rejalashtirgan.

Samarqand shahri - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandliklar hayotini yaxshilovchi qator tadbirlar amalga oshiriladi

Shuningdek, Samarqand hokimi "AT-park" texnoparki va Innopolis ilmiy shaharchasi misolida mintaqadagi AT-texnologiyalar rivoji bilan tanishadi.

Bundan tashqari, Oqbo‘tayev "Energetika. Resurslarni tejash" XVIII xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasining ochilishida ham ishtirok etadi. Shundan so‘ng u Tatariston Savdo-sanoat palatasida Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyati taqdimotini o‘tkazadi.

14 mart kuni Himmat Oqbo‘tayev Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashadi. Uchrashuv Tatariston prezidentining Qozon Kremlida bo‘lib o‘tadi. Tomonlar mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0