TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston hukumatida ayni damda Rossiya hududlari bilan hamkorlik o‘rnatish masalasi muhokama qilinib, unga doir hujjatlar Shavkat Mirziyoyevning aprelda Moskvaga bo‘lib o‘tadigan tashrifiga tayyorlanmoqda, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish muhim va istiqbolli yo‘nalishdir. Ushbu sohada hukumatlararo shartnoma imzolanishi ikki mamlakat hududlari orasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi va umumiy hisobda mamlakatlararo mahsulot almashinuvini oshiradi”, — deyilgan xabarda.
O‘zbekiston meva-sabzavotlarini Sibir va Uzoq Sharq hududlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkizib berish tajribasi juda yaxshi samara berdi. O‘tgan yilda ushbu hududlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkizib berish hajmi oshdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil Rossiya va O‘zbekiston orasida mahsulot almashinuvi hajmi umumiy hisobda 13% ga qisqarishiga qaramasdan, O‘zbekistondan import qilinadigan mahsulotlar hajmi 23,7 % ga o‘sdi.