"Tuxumbo‘ron" yoxud Turkiya va Niderlandiya o‘rtasidagi siyosiy janjal tafsilotlari

© AFP 2023 / LYAS AKENGINTurkiya politsiyachilari
Turkiya politsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mana bir necha kundirki, Turkiya va Niderlandiya o‘rtasida siyosiy tusga ega mojaro davom etmoqda. Avvaliga Niderlandiya Turkiya TIV rahbarini "kutilmagan mehmon" deb e’lon qilgan bo‘lsa, bunga javoban turklar tomonidan Anqaradagi Niderlandiya elchixonasi "tuxumbo‘ron" qilindi

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Turkiya va Niderlandiya o‘rtasidagi diplomatik mojaro tobora o‘tkir tus olmoqda.

Hammasi qanday boshlangan edi?

Hammasi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chavushogluning po‘pisasidan boshlandi. Chavushoglu agar unga Rotterdamga kirishni man etishsa, Anqara Gollandiyaga qarshi iqtisodiy va siyosiy sanksiyalar kiritishini aytdi.

Otaturk nomidagi xalqaro aeroport - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya Germaniyaga javoban nemislarni aeroportda uzoq ushlab turdi
Turkiya TIV rahbari 11-mart kuni Rotterdamga borib, u yerdagi ikki fuqarolikka ega gollandiyaliklarni Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendumni qo‘llab-quvvatlamaslikka ko‘ndirmoqchi edi.

Keyinchalik Rotterdam meri Ahmad Abutolib miting bo‘lmasligini, aksiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan joy egasi o‘z ruxsatnomasini chaqirib olganini ma’lum qildi.

Turkiya TIV rahbari CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida Niderland hukumati ta’qiqiga qaramasdan, Rotterdamga borajagini ma’lum qiladi.

"Agar Gollandiya mening bugungi parvozimga ruxsatni bekor qilsa, biz ulkan sanksiyalarni kiritamiz", — deb iqtibos keltirgan vazir gaplaridan Hurriyet nashri.

Niderlandiya Turkiya TIV rahbari samolyotini mamlakatga kiritishdan bosh tortdi

Gollandiya hukumati Mavlyut Chavushoglu samolyoti qo‘nishi uchun bergan ruxsatnomasini bekor qildi. Hukumat bayonotida bunday qaror "jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid" tufayli qabul qilingani aytilgan.

Hujjatda qayd qilinishicha, Gollandiya hukumati Turkiya bilan birgalikda bu masalaga "manzur keladigan yechim" topishga harakat qilishgan, ammo "muzokaralar oxiriga yetmay turib turk hukumati sanksiyalar bilan pӯpisa qilgan va yana bu haqda olamga jar solgan". Shu tufayli bu masalaga haqli yechim topishning imkoni yo‘q, deyilgan hujjatda.

"Niderlandiya hukumati — bu fashistlar", — dedi Erdo‘g‘on

Niderlandiya hukumati Mavlyut Chavushogluning samolyotini mamlakatga kiritishdan bosh tortgach, Turkiya prezidenti bu borada o‘z fikrlarini aniq bayon etdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Turkiya munosabatlari tiklandi - Erdo‘g‘on
"Ular na siyosat, na xalqaro diplomatiya haqida zarracha bilimga ega emas. Bu natsizm sarqiti, ular esa — fashistlar", — deb aytgan Erdo‘g‘on shanba kuni Istanbuldagi chiqishi davomida.

Ana shundan so‘ng Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Niderlandlarga qarama-qarshi choralar bilan po‘pisa qilgan.

"Bizning Tashqi ishlar mahkamamizdagi vazirlarimizga istalgancha uchishni man etishingiz mumkin, ammo keling endi sizlarning reyslaringiz qanday qilib Turkiyaga qo‘nishini tomosha qilamiz", — deb aytgan Erdo‘g‘on. Turk yetakchisining so‘zlaridan Frans Press agentligi iqtibos keltirgan.

Niderlandiya ham javobni uzoq cho‘zmadi

Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutte Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onning so‘zlaridan qattiq larzaga tushganini yashirmadi.

"Ular jahl otiga minishganini tushunaman, ammo "fashistlar" deyish endi bu haddan ziyod", — deb ta’kidlagan Rutte, Erdo‘g‘onning so‘zlariga "ahmoqona gap" deya izoh bergan holda.

Elchining qaytishiga hojat yo‘q

Turkiya TIV rahbariga Niderlandiyaga kirishga ruxsat berilmagach, Turkiya tomon ta’tilda bo‘lgan Gollandiya elchisining ham mamlakatga qaytishiga hojat yo‘qligini e’lon qildi.

"Turkiyadagi Gollandiyaning muvaqqat ishlar vakili bizning Tashqi ishlar vazirligimizga chaqirtirildi va unga Niderlandiya hukumati qaroriga noroziligimiz bildirildi. Unga shuningdek, Turkiya chegarasi tashqarisida ta’tilda bo‘lgan Elchining o‘z vakolatini bajarishi uchun yurtimizga kelishiga hojat qolmagani e’lon qilindi", — deyilgan Turkiya TIV bayonotida.

"Tuxumbo‘ron"

11 mart kuni Gollandiya hukumati qaroriga qarshi Anqaradagi Gollandiya elchixonasi oldida yuzga yaqin odamlar norozilik namoyishi uyushtirishdi. Aksiyaning ba’zi ishtirokchilari diplomatik vakolatxona binosini "tuxumbӯron" qildilar.

Yangiliklar lentasi
0