TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan o‘tkazgan muzokalalar yakuni haqida gapirar ekan, Rossiya va Turkiya o‘zaro munosabatlarni normallashtirish jarayonini yakunladi, deb bayonot qilgan.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, 10-mart kuni Moskva shahrida Putin va Erdo‘g‘on uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.
"Biz barcha fitnaga oid harakatlar va muammolarni yengishga muvaffaq bo‘ldik. O‘zaro munosabatlarimizni normal holatga keltirish uchun ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Bugungi o‘tgan majlisimiz natijasiga ko‘ra, biz normallashtirish jarayonini yakunladik, deb hisoblayman", — deb aytgan Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘on shuningdek, Turkiya tomon o‘zaro ishonch munosabatlari ham tiklanishini va "siyosiy dialog iqtisodiy muhitga ta’sir o‘tkazishidan" umidvorligini qayt etgan.