Iqtisod

"Markaziy Osiyo - Fors koʻrfazi" yoʻlagi ishtirokchilari tariflarni muhokama qilishdi

© BEHROUZ MEHRI / AFPYuk kemasi
Yuk kemasi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Transport-tranzit yoʻlagining bir qismi Oʻzbekiston, Turkmaniston va Eronni bogʻlovchi temir yoʻl orqali, qolgan qismi Eronning Bandar-Abbos va Choxbahor portlaridan Ummon portlariga qadar dengiz orqali oʻtadi

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Toshkentda xalqaro transport va tranzit yoʻlagini yaratish toʻgʻrisidagi bitim doirasida tuzilgan ishchi guruhining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Avtomobil magistrali - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston MDH davlatlarini oʻz transport tizimiga taklif qildi

Mazkur yoʻlakni yaratish haqidagi bitim 2011 yil aprelida Eron, Ummon, Turkmaniston, Qatar va Oʻzbekiston hukumatlari oʻrtasida tuzilgan. 2013 yil aprelida Qatar loyihadan chiqishga qaror qilgan.

2014 yilning avgustida Ummon poytaxti Maskat shahrida Oʻzbekiston, Eron, Turkmaniston va Ummon TIV rahbarlari transport yoʻlagini yaratish boʻyicha bitimning amalga oshirilishi boʻyicha memorandum tasdiqlandi. Kelishuv 2016 yilning 23 aprelida kuchga kirdi.

"Tomonlar bir oy muddat ichida depozitariyga (Turkmaniston) ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishida tasdiqlash uchun qator takliflarni taqdim etishi lozim", — deb yozadi RIA Novosti.

Gap, xususan, avtotransport vositalari uchun "yashil yoʻlak" tashkil etish, yuklarni saqlash va yuklash uchun qulay sharoit va samarali sxemalarini yaratish hamda dengiz portlari prichallaridan foydalanish haqida bormoqda.

Yigʻilish qatnashchilari temir yoʻl transporti orqali yuklarni tranzit qilishda yagona tarifni shakllantirish masalasini koʻrib chiqish hamda asosiy tovar pozitsiyalari haqida maʼlumot almashish, tranzit uchun soʻrov asosida imtiyozlar taqdim etishga kelishib olishdi.

Jamiyat
Oʻzbekiston Transkaspiy xalqaro transport yoʻnalishiga qoʻshilishi mumkin

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasining maʼlumot berishicha, tomonlar shuningdek, "Markaziy Osiyo — Fors koʻrfazi" yoʻlagiga kiruvchi avtomobil va temir yoʻl yoʻnalishlari roʻyxatini tasdiqlash uchun ishchi guruhi qoʻmitasiga taqdim etishga kelishishdi.

Transport-tranzit yoʻlagining bir qismi Oʻzbekiston, Turkmaniston va Eronni bogʻlovchi temir yoʻl orqali, qolgan qismi Eronning Bandar-Abbos va Choxbahor portlaridan Ummon portlariga qadar dengiz orqali oʻtadi.

Transport yoʻlagi loyiha ishtirokchilari boʻlgan mamlakatlar uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, ijtimoiy va sanoat infratuzilmasini barpo etish, yirik tashqi investitsiyalarni jalb etish borasida muhim omil boʻlishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0