TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi orqali Yevropaga chiqishi mumkin. Bu haqda "Qazaqstan temіr joli" MK matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahrida "O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyatining «Qazaqstan temіr joli» MK prezidenti Kanat Alpisbayev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralari chog‘ida unda temir yo‘l trasporti sohasidagi o‘zaro harakatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda yuk tashishlarni oshirish uchun ixcham tarif siyosatini o‘tkazish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi hududi bo‘ylab o‘zbek meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jalik turlarini tranzit tashuvlari tariflari uchun chegirmalar taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar Aqtou va Quriq portlari orqali Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi bo‘ylab o‘zbek eksport va import tashuvlarini tashkil etish imkoniyatini muhokama qilishdi.
Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi Xitoy, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya orqali Yevropaga chiqish imkoniyatini beradi.