O‘zbekiston MDH davlatlarini o‘z transport tizimiga taklif qildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishAvtomobil magistrali
Avtomobil magistrali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hududda transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, kelishilgan tariflar siyosati, o‘tayotgan tranzit yuklar uchun imtiyozli sharoitlar yaratish va qo‘shimcha transport yo‘nalishlari qurilishi - kelajakda O‘zbekiston transport siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

TOShKENT, 9 noya – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Anvar Nosirov MDH davlatlarini O‘zbekistonning rivojlangan transport tizimidan birgalikda foydalanishga taklif qildi.

“O‘zbekistonda jadal suratda zamonaviy yo‘l-transport va kommunikatsiya-muhandislik tizimlari qurilmoqda. Biz MDH mamlakatlaridagi hamkorlarimiz bilan ushbu yangi magistrallardan birgalikda foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyormiz”, — dedi Anvar Nosirov 8-noyabr kuni "Rossiyaning 2017-yil davomida MDHda raislik konsepsiyasi" taqdimoti marosimida.

Nosirovning so‘zlariga qaraganda, hududda transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, kelishilgan tariflar siyosati, o‘tayotgan tranzit yuklar uchun imtiyozli sharoitlar yaratish va qo‘shimcha transport yo‘nalishlari qurilishi — kelajakda O‘zbekiston transport siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

MDH davlat bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MDHda erkin savdo zonasi tezroq ishga tushishini xohlaydi

Yangi magistrallar qatorida, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga olib boruvchi "Tashguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on" yo‘nalishini, Toshkentdan – Samarqandga, Buxoroga va Qarshiga qadar yo‘lga qo‘yilgan tezurar poyezdlar harakatini, yangi “Angren – Pop”  temir yo‘lini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston temiryo‘l transport tizimida, uzunligi 124 km bo‘lgan “Angren – Pop” temir yo‘li yaqinda ishga tushirilgan edi. Ushbu temir yo‘l qurilishida Qamchiq dovonida xitoylik hamkorlar bilan uzunligi 19 km ortiq o‘ta murakkab tunel qurilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0