Dunyoda

Bir kishiga 5 kilodan oshmasin: Tojikistonda kartoshka taqchilligi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka oʻtishNovыy sort kartofelya.
Novыy sort kartofelya. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Dushanbe oziq-ovqat bozorlarida kartoshka narxi deyarli ikki baravarga oshib ketdi

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Tojikistonning ayrim bozorlarida, masalan, Shohmansur bozorida kartoshka savdosiga cheklov kiritildi — bir kishi kuniga 5 kilodan ortiq sotib olishi mumkin emas, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

Dushanbe oziq-ovqat bozorlarida kartoshka narxi deyarli ikki baravarga oshib ketdi — endi xaridorlar bir kilo kartoshka uchun kamida 4 somoniy (0,50 dollar) toʻlashlari lozim. Ikki kun ilgari kartoshkaning kilosi 2,8 somoniy edi.

Furalar - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiya Oʻzbekistonga urugʻlik kartoshka, baliq va don yetkazib bermoqchi

Sotuvchilar narxlarning keskin oshishiga Soʻgʻd viloyatidan poytaxtga oziq-ovqat mahsulotlari qiyinchilik bilan keltirilayotgan Dushanbe-Chanak yoʻlining bir oydan buyon qor koʻchkilari ostida qolganligi sabab boʻldi deyishmoqda.

Kartoshkaning sifati ham haminqadar: juda mayda va chirigan. Baʼzi sotuvchilardan Togʻli Matchon tumanidan qiyinchilik bilan keltirilgan sifatli kartoshkani topish mumkin.

Sotuvchilar kartoshkani olibsotarlar sotib olmasligi uchun hushyor turishibdi. Kecha Dushanbedan 225 km uzoqlikda joylashgan Jirgʻatoldan keltirilgan mayda kartoshkalarni keyinchalik qimmatroqqa sotish uchun 2,80 somoniydan sotib olishga uringan erkak ushlandi.

Bozordagi sotuvchilar aynan mana shunday kartoshkani gʻamlab olishgan va endi bir kishiga kuniga atigi 5 kilodan sotishga majbur.

"Hozir 17 tonna zaxiramiz bor. Ishqilib, Xudo vaziyatni oʻnglagani rost boʻlsin. Agar ob-havo yana bir hafta bugungiday quyoshli boʻlib tursa, narxlar joyiga tushadi va oldingidek yaxshi kartoshkani 2,50-2,80 somoniydan sotib olish mumkin boʻladi. Hozircha bori bilan kifoyalanamiz", — deydi Shohmansur bozori direktori Saidjalol Moʻminov.

Kartoshka - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonga Rossiya kartoshkasi joʻnatilmoqda

Uning aytishicha, shaharda kartoshka inqirozi yoʻq, shunchaki yaxshi, "odamlarbop kartoshka" taqchilligi sezilmoqda.

"Biz aholi bir lahzada kartoshkasiz qolmasligi uchun bu muammoni hal qilishga urinmoqdamiz. Shuning uchun Jirgʻatoldan keltiryapmiz. Yoʻl va qor koʻchkilari muammosi bartaraf etilgach, yana Matchondan kartoshka keltiramiz. Hozircha uning narxi juda qimmat. Bizning bozorimizda yanayam arzon, agar sal nariroqdagi bozorlarga borsangiz, matchon kartoshkasini 4 somoniyga ham topa olmaysiz. U yerlarda bu kartoshka ancha qimmat", — dedi bozor direktori.

Tojikistonda fevra oxirida keyingi 30 yildagi eng kuchli qor yogʻinlari sababli 100ga yaqin qor koʻchish hodisasi yuz berdi.

Tabiiy ofatlar nafaqat iqtisodiy zarar yetkazdi, balki insonlar qurbon boʻlishiga ham sabab boʻldi. Ikki yuzdan ortiq mashina qor "qopqon"i ostida qoldi, Dushanba va Xoʻjand oʻrtasidagi transport qatnovi vaqtincha toʻxtadi.

Yangiliklar lentasi
0