TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiyaning Tumen viloyati Uporovskiy tumanidagi KRiMM agrofirmasi O‘zbekistonga kartoshka yetkazishni yo‘lga qo‘ydi. Dastlabki 2 tonna mahsulot O‘zbekistonga jo‘natildi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.
Agrofirma direktori Gennadiy Razanovning aytishicha, O‘zbekiston tomoni bilan jami ikki ming tonna kartoshka yetkazib berish uchun shartnoma imzolangan.
Shartnoma natijalaridan kelib chiqib hamkorlik kelgusida ham davom etishi mumkin.