Rossiya O‘zbekistonga urug‘lik kartoshka, baliq va don yetkazib bermoqchi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishFuralar
Furalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleksandr Tkachev Rossiya O‘zbekistonga don, baliq va baliq mahsulotlari, urug‘lik kartoshka, shuningdek qandolatchilik mahsulotlari yetkazilishi hajmini oshirishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qilgan

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. 2 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elor Ganiyev bilan ishchi uchrashuvni o‘tkazdi, deb xabar qilgan Rossiya Qishloq xo‘jaligi axborot-xizmati.

Kartoshka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Rossiya kartoshkasi jo‘natilmoqda
Tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini ikki tomonlama rivojlantirish masalalarini muhokama qilganlar.

Aleksandr Tkachev Rossiya O‘zbekistonga don, baliq va baliq mahsulotlari, urug‘lik kartoshka, shuningdek qandolatchilik mahsulotlari yetkazilishi hajmini oshirishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qilgan.

"Rossiyalik qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonga shakar va yog‘ mahsulotlari eksportini bir necha barobarga oshirishga tayyor", — deb ma’lum qilgan Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri.

Uchrashuv yakunida tomonlar Rossiyaga olib kiriladigan o‘zbek meva-sabzavotlari fitosanitariya normalariga rioya etishi to‘g‘risida protokolni imzolashgan.

Yangiliklar lentasi
0