TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayev ikki davlat munosabatlarining barcha jabhalarida muzokara o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Nashr xabariga ko‘ra, ayni vaqtda "Ola-Archa" davlat qarorgohida ikki yetakchi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Birinchi bo‘lib Qozog‘istonga uchib kelgan Putin, kuni kecha Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashgan edi.
Tor doirada o‘tkazilgan uchrashuv davomida Atambayev tomonlar o‘zaro munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga qaytarishga muvaffaq bo‘lishgani haqida aytgan.
"Sizga ma’lumki, 19-noyabr kuni bizda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Va men hozirdanoq natijalarni sarhisob qilmoqdaman. Biz ikki tomonlama munosabatlarni strategik sherikchilik darajasiga qaytarishga muvaffaq bo‘lganimizdan xursandman. Qardosh xalqlarga xos fazilat bu", — deb aytgan Atambayev.
Putin Atambayevga taklif uchun minnatdorlik bildirgan va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar taraqqiy topganini qayd etgan.
Nashr xabariga ko‘ra, endilikda ikki yetakchi muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirishadi va shundan so‘ng hujjatlar imzolanib, matbuot-anjumani o‘tkaziladi.