TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Vladimir Putin tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deb xabar qildi jurnalistlarga Rossiyaning birinchi vitse-premyeri Igor Shuvalov.
"Tojikiston prezidenti Tojikiston va Afg‘oniston chegarasidagi uchastkaning mustahkamlanishi haqida batafsil so‘zladi. Va bizning prezidentimiz tegishli ko‘rsatmani berdi. Endilikda biz uni bajaramiz", — degan Shuvalov Putin va Emomali Rahmon o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasi haqida gapirar ekan.
Rossiya prezidenti dushanba kuni Moskva va Dushanbe tojik-afg‘on chegarasini himoyalash uchun amalga oshirilayotgan harakatlarni yanada faollashtirish xususida kelishib olishgani haqida xabar qilgan edi. Buning uchun Tojikistondagi Rossiyaning 201-harbiy bazasi jalb etilishi ta’kidlandi, deb yozadi RIA Novosti.