TOShKENT, 17 sen — Sputnik. 17-sentabr kuni Qirg‘iziston respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev 60 yoshni qarshi oldi.
Yubileyi munosabati bilan Putin Atambayevni "Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni o‘zaro ishonch va strategik hamkorlik ruhida rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun" Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi.
Putin ordenni hamkasbi bilan Bishkekda o‘tkazgan ikki tomonlama muzokaralari chog‘ida topshirgan.
Putin ordenni topshirar ekan, Aleksandr Nevskiyning tarixdagi o‘rnini alohida qayd etib, "u Sharq va G‘arb bilan o‘ta dono munosabat o‘rnatgan-ki, natijada, bu aloqalar bizning mamlakatimiz manfaatlariga xizmat qilgan", deb aytgan hamda"Birgalikdagi tariximizning eng yorqin sahifalarimizni yodda tutuvchi sizdek insonga bu orden eng munosib mukofotdir", — deb qo‘shimcha qilgan.