TOShKENT, 26 fev — Sputnik. O‘shda 34 yoshli tadbirkor noma’lum shaxslar tomonidan chopib ketildi, deb xabar tarqatmoqda kun.uz Turmush nashriga tayangan holda.
Huquq-tartibot muassasalari ma’lumotiga ko‘ra, marhum O‘sh shahrida yashovchi J.K. ismli, 1983-yilda tug‘ilgan shaxs bo‘lib chiqqan.
Erkakning boshi va tanasida sanchuvchi-kesuvchi buyumdan qolgan bir nechta jarohatlar aniqlangan. Erkak O‘shdagi AYoQShlardan biri egasi bo‘lgan.
Avvalroq nashr O‘shning markaziy maydonidagi to‘polonda pichoq jarohati olgan tadbirkor haqida xabar bergan. Ma’lum bo‘lishicha, janjal ishtirokchilari jarohat olgan A.T. va o‘ldirilgan 34 yoshli J.K. bo‘lgan. Ular biznes-hamkorlar va do‘stlar bo‘lganlar.
Dastlab pichoq jarohati olgan A.T. IZYuM restoranida bir guruh kimsalar bilan janjallashib ketgani taxmini bildirilgan. Biroq restoran ma’muri u yerda hech qanday janjal bo‘lmaganini ma’lum qilgan.
A.T.ga pichoq bilan jarohat yetkazish holati bo‘yicha gumonlanuvchi qo‘lga olingan. U tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Yana ikki gumonlanuvchi qidirilmoqda.