TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri, Pushkin tumanida Qirg‘iziston fuqarosi qidirilmoqda, deb xabar qilgan Sputnik Qirg‘iziston nashri.
Qirq yoshdagi erkakning yo‘qolgani haqida uning ukasi xabar qilgan. Asqat Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, Pushkin tumani politsiyasi ayni vaqtda yo‘qolgan taksichini izlash ishlarini boshlab yuborgan.
Bu haqda, shuningdek, shaharning "Peterburg kundaligi" ma’muriy nashri ham xabar qilgan.
Saytda berilgan xabarga ko‘ra, taksi haydovchisini so‘nggi marotaba uch kun avval ko‘rishgan. 13-fevral kuni u taksomotor kompaniyasi logotipi tushirilgan Mitsubishi Lancer rusumli avtomobilda ishga yo‘l olgan. 14-fevralga o‘tar kechasi u rafiqasi bilan bog‘langan va shundan so‘ng aloqaga chiqmagan, ya’ni dom-daraksiz yo‘qolgan.