Mast xonanda baland poshnali tuflisi bilan militsiya xodimining qoshini yordi - O‘sh IIB

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovBaland poshnali tufli kiygan ayol
Baland poshnali tufli kiygan ayol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mast holda mashina boshqargan ayol militsiya xodimlari tomonidan to‘xtatilgach, o‘zini taniqli qo‘shiqchi sifatida tanishtirgan va qo‘yib yuborishmasa, "vazirlikdagi akalari"ga aytish bilan po‘pisa qilgan

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Taniqli xonanda mast holatda baland poshnali tuflisi bilan militsiya xodimining qoshini yorgan, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Xabarda ta’kidlanishicha, yarim tun soat 2larga uzoqni yorituvchi faralarni yoqib kelayotgan yaqin Honda Accord avtomobilini to‘xtatishmoqchi bo‘lishgan, ammo haydovchi voqea joyidan g‘oyib bo‘lishga harakat qilgan.

Namozxonlar - Sputnik O‘zbekiston
Ana, xolos! Masjidda o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga olindi
"Patrul xodimlari mashina ortidan quvib borib, to‘xtatishganlarida, rul qarshisida mast holatdagi ayol o‘tirganiga guvoh bo‘lishgan. Ayol hujjatlarni taqdim etishdan qat’iy bosh tortgan, haqoratli so‘zlarni yog‘dirgan va o‘zining tashrif qog‘ozini ularga tutqazgan. Shu bilan birga u o‘zini O‘sh shahrining taniqli xonandasi va "O‘shTv" telekanali muxbiri sifatida tanishtirgan. Ayol uni qo‘yib yuborishmasa, tanish amaldorlariga qo‘ng‘iroq qilishini aytib, po‘pisa qilgan", — deb xabar qilgan O‘sh IIBB xodimi.

Xabarda aytilishicha, ayol huquqni muhofaza qilish xodimlariga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Patrul xodimi avtomobil eshigini ochmoqchi bo‘lganida, ayol karate uslublaridan birini qo‘llab, militsiya xodimining qoshini yorgan. Jabrlangan militsiya xodimiga tibbiy xizmat ko‘rsatilgan.

Ayol ustidan Jinoyat kodeksining "Bezorilik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ekspertiza belgilangan.

Militsiya xizmati shuningdek, ayol "O‘shTV"da ishlamasligini aniqlagan.

Yangiliklar lentasi
0