Shavkat Mirziyoyev: uyi borning o‘yi yo‘q

© AP Photo / Anvar IlyasovO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Qashqadaryo viloyatiga uyushtirgan safari davomida Qarshi tumani, "Nukrobod" qishloq fuqarolar yig‘inining Yakka yog‘och massivida namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan arzon uy-joylarni borib ko‘rdi

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi "2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Yakka yog‘och massivida yer uchastkasi 2 sotix bo‘lgan uch xonali uylar qurildi, deb xabar qiladi "Jahon" AA.

Bu uylarning foydalanish maydoni 63,5 kvadrat metr bo‘lib, unda ikkita yotoqxona, mehmonxona, oshxona, yuvinish xonalari va qozonxona mavjud. Hovlisida xo‘jalik binolari qurilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yosh avlod Islom Karimov aytganidek, kuchli, bilimli va dono bo‘lishi kerak dedi
Ikki qavatli 16 xonadonli turar-joy binolari ikki va uch xonali qilib qurilgan. Uylarda yotoqxona, mehmonxona, oshxona va yuvinish xonalari hududning iqlim sharoiti, sanitariya va xavfsizlik talablari, xalqimizning milliy hayot tarziga oid barcha jihatlar hisobga olingan holda barpo etilgan.

"O‘z uy-joyiga ega bo‘lish har bir inson hayotida qanchalik muhim ekanini barchamiz yaxshi bilamiz, — dedi Mirziyoyev. Xalqimiz uyi borning o‘yi yo‘q, deb bekorga aytmagan. Buning chuqur ma’nosi bor. Bunday uy-joylar taqsimotida xalqimizga xos haqiqat va adolat mezonlariga qat’iy rioya etilishi kerak".

Qurilish materiallarining tannarxini kamaytirish hisobiga uylarning narxini yanada arzonlashtirish, tashqi injenerlik tarmoqlari – ichimlik suvi, ichki yo‘llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash, atroflarini obodonlashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Prezident yangi uy sohiblaridan biri Alisher Ahmedov xonadonida bo‘lib, bu yerda yashash uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdi, dildan suhbatlashdi. Yosh oila a’zolari O‘zbekiston prezidentiga e’tibori va g‘amxo‘rligi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev shuningdek, Mirmiron massividagi yangilangan namunaviy loyihalar asosida qurilgan uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun issiqxona tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Yong‘oq daraxtlaridan hosil yig‘ishtirish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi tog‘oldi hududlarda yong‘oq plantatsiyalari tashkil etiladi
Ushbu issiqxona 25 gektar maydonda metal, taxta, plonka va boshqa mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilgan holda barpo etiladi. Bu yerda limon, mandarin va papayya kabi sitrus mevalar, pomidor, bodring, gulkaram, har xil ko‘katlar yetishtirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida issiqxonada yiliga 3 milliard so‘mlik mahsulot yetishtiriladi. Ularning bir qismi ichki bozor talablarini qondirsa, qolgani eksportga yo‘naltiriladi. Natijada aholi qish mavsumida ham arzon meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlanadi. 229 ish o‘rni yaratilishi aholi turmush farovonligining ortishiga xizmat qiladi.

Prezident bunday issiqxonalarni qurish va ulardan foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, ishga malakali mutaxassislar bilan birga kollej bitiruvchilarini ham keng jalb etish borasida zarur ko‘rsatmalar berdi, deb yozadi nashr.

Yangiliklar lentasi
0