Mirziyoyev yosh avlod Islom Karimov aytganidek, kuchli, bilimli va dono bo‘lishi kerak dedi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 25-fevral kuni Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. "Asosiy maqsadimiz – xalqimizni rozi qilish, odamlarning farovon yashashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdir, — dedi O‘zbekiston prezidenti. — Odamlar ishdan bo‘sh vaqtida bu yerga kelib maroqli dam olsa, farzandlari, nabiralarining sho‘x-shodonligini ko‘rsa, kulgularini eshitsa, hayotdan ko‘ngli to‘ladi, ruhi ko‘tarilib, yangi-yangi marralarga intiladi".

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident: Shifokor bemor kelishini kutmasin, kasallikning oldini olsin
Prezident bog‘da yashil maysazorlarni ko‘paytirish, turfa gul va manzarali daraxtlar ekish, bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Davlat rahbari Qarshi shahridagi avvalgi "Nasaf" stadioni hududida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli suzish havzasi va zamonaviy dam olish majmuasi loyihasi bilan ham tanishdi.

4,7 gektar maydonda qurilayotgan 25x11 metr o‘lchamdagi ikki suzish havzasi hududda suv sporti turlarini yanada ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, kelajakda jahon va Olimpiya chempionlarini tarbiyalashga xizmat qiladi.

"Yoshlarning barkamol o‘sib-ulg‘ayishi uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz kerak, — dedi Mirziyoyev. — Shunda ular Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘ladi".

Majmuani jihozlashda ilg‘or va tejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish, kiyinish, yuvinish xonalarida barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0