Qashqadaryoda chorvachilik va baliqchilikka alohida e’tibor qaratiladi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishFerma
Ferma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident chorvachilik kompleksiga xorijdan nasldor qoramollar olib kelish, ularni zarur texnologiyalar asosida parvarishlash, yetishtirilgan mahsulotni shu yerning o‘zida qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratdi

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Qashqadaryoga safari davomida Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda uz24.uz xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev xalq bilan muloqot qilish maqsadida Qashqadaryoga tashrif buyurdi

"Nishon ko‘zgu" ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tomonidan Qarshi shahrida chorva mollarini avtomatizatsiyalashgan kushxona, go‘shtni saqlash va qadoqlash kompleksi tashkil etilmoqda. Buning uchun xorijdan zamonaviy uskunalar olib kelib o‘rnatilgan.

Zamonaviy kushxona va muzlatkich oziq-ovqat mahsulotlarining mo‘l-ko‘lligi hamda xavfsizligini ta’minlaydi. 100 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Prezident bunday kushxonalarni barcha hududlarda tashkil etish, veterenariya va sanitariya xizmatlarini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

Yakkabog‘ tumanida tashkil etilayotgan "Qorabayir otchilik majmuasi" xo‘jaligi naslchilikni saqlash va rivojlantirish, qorabayir zotli otlarni ko‘paytirishga ixtisoslashgan. Majmuada 200 tagacha yilqi boqilib, ichki va tashqi bozorlarga sotiladi. Qirqdan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi.

Davlat rahbari Koson tumanida barpo etiladigan chorvachilik kompleksi loyihasini ko‘zdan kechirdi. Ikki ming bosh qoramol boqishga mo‘ljallangan zamonaviy tipdagi chorvachilik kompleksi nafaqat viloyat, balki mamlakatning boshqa hududlari aholisini ham go‘sht va sut bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy qiymati 14 milliard so‘m bo‘lgan loyihani kelgusi yilning birinchi choragida to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.

Majmua qurilishi uchun 12 gektar, chorva mollariga ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun 750 gektar yer maydoni ajratiladi. Bu yerda yiliga 4 ming 280 tonna sut va 210 tonna go‘sht yetishtirish, 140 ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Prezident chorvachilik kompleksiga xorijdan nasldor qoramollar olib kelish, ularni zarur texnologiyalar asosida parvarishlash, yetishtirilgan mahsulotni shu yerning o‘zida qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Mutaxassislarga zarur tavsiyalar berdi.

Qamashi tumanida 5 ming bosh kurka boqishga mo‘ljallangan majmua tashkil etiladi. Zamonaviy texnologiyalar o‘rnatiladigan majmuada yiliga 20 ming bosh kurka jo‘jasi yetishtirilib, aholiga yetkazib beriladi. Uni joriy yilning dekabr oyida ishga tushirish, 30 ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda.

Davlat rahbari mazkur loyiha har bir xonadonga 100 tadan jo‘ja tarqatish va oilalar daromad manbaini yaratishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Tallimarjon suv omborining tabiiy havzasida baliq yetishtirish loyihasi bilan ham tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Qashqadaryoda ishga tushiriladigan yangi loyihalar bilan tanishdi

Yangi agrofirma viloyatdagi baliqchilik xo‘jaliklariga o‘z faoliyatini samarali tashkil etishi uchun mashina-mexanizm xizmatlari, baliq uvildiriqlari, omuxta yem yetkazib beradi. Yetishtirilgan baliqni sotish yoki qayta ishlashni tashkil etishda ham ko‘maklashishi ko‘zda tutilgan.

Agrofirmada baliq uvildiriqlari yetishtirilib, suv omboriga o‘tkaziladi. Bu yerda baliq chavoqlari yetishtiruvchi inkubatsion sex, 600 tonnalik muzlatkich, baliq mahsulotlarini qayta ishlovchi korxona, 800 tonna maxsus omuxta yem ishlab chiqaruvchi sex tashkil etilishi rejalashtirilgan. Yiliga 500 tonna baliq qayta ishlovchi agrofirmada 90 ish o‘rni tashkil etiladi.

Qashqadaryo viloyatida yil bo‘yi baliq boqish, ko‘paytirish va aholiga yetkazib berish, eksportni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi. Bunday agrofirmalar ushbu sohani yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, mamlakatimizning oziq-ovqat dasturi rivojiga muhim hissa qo‘shishi qayd etildi.

Qamashi tumanida quyon yetishtirish, quyon go‘shti va terisini qayta ishlashga ixtisoslashgan xo‘jalik tashkil etilmoqda. "Qamashi momiq quyonlari" agrofirmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha samarasida 30 ming bosh quyon yetishtirilib, yiliga 120 tonna go‘sht va 40 ming dona jun tayyorlanadi.

Xo‘jalikda 30 kishi ishlaydi. Bundan tashqari, quyonlar 500 xonadonga tarqatiladi. Aholi parhez go‘sht va qo‘shimcha daromad bilan ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0