Tadbirkorlarga ogohlantirish e’lon qilindi

© UZ24.UZToshkentdagi Kadisheva bozori
Toshkentdagi Kadisheva bozori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Naqd pul yoki plastik kartochkaligiga qarab narxni sun’iy ravishda oshirgan tadbirkorga katta jarima solinadi

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. "O‘zbekiston Prezidentining pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirishga qaratilgan qaroriga muvofiq agarda chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul yoki plastik kartochkalar orqali to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish holatlariga yo‘l qo‘yilsa, bu hisob-kitob terminallaridan foydalanishning belgilangan tartibini buzish deb hisoblanib, eng kam ish haqining 30 barobari miqdorida jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi", — deb xabar qildi "Darakchi" nashri.

Naqd va plastik karta orqali hisob-kitoblar o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi
O‘rnatilgan tartibga muvofiq, davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida naqd pul yoki plastik kartochkalar orqali to‘lov shakliga qarab sun’iy ravishda narxlarni oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalari, hisob-kitob terminallarini qo‘llash, shuningdek, belgilangan tartibdagi talonlar va xarid cheklari berilishi, naqd pul tushumlarini to‘liq va o‘z vaqtida inkassatsiya qilinishi yuzasidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi ruxsatnomasi asosida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlar hisoblanmasligi belgilab qo‘yilgan.

Davlat soliq qo‘mitasiga belgilangan tartibda mazkur masalalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarida, birinchi navbatda savdo komplekslarida, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida doimiy ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib borish vazifasi yuklatilgan.

Qaror talablaridan kelib chiqqan holda Markaziy bank tomonidan hisob-kitob terminallari bilan jihozlash va ulardan amaliy foydalanishlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutgan holda xisob-kitob terminallarini ijaraga berish va ularni tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqiladi.

Bozor - Sputnik O‘zbekiston
Dehqon bozorlarida terminalsiz savdo qilinadi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga "O‘zbekenergo" kompaniyasi bilan birgalikda to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish imkonini beruvchi xisob-kitob terminallari bilan jihozlangan chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini sifatli va uzluksiz aloqa bilan ta’minlash, bunda tog‘li va uzoq hududlarga alohida e’tibor qaratish vazifasi topshirildi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan huqubuzarliklarning oldini olish maqsadida nazorat-kassa mashinalari va to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish imkonini beruvchi hisob-kitob terminallari o‘rnatmasdan faoliyat yuritganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ravishda keng tushuntirish, profilaktik tadbirlari tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0